“Manchester Yunayted” hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Klub tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra bitimni bekor qilganini e’lon qildi.
Avvalroq 37 yoshli futbolchi OAVga shov-shuvli intervyu bergan, unda Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi vaziyatni tanqid ostiga olgan va jamoa ustozi Erik ten Hagni hurmat qilmasligini aytgandi.
Ronaldu Manchester klubidagi ikki davrga bo‘lingan faoliyati davomida 346 ta o‘yinda maydonga tushib, 145 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)