“O‘zgidromet” 21—24-noyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 21—22-noyabrda 5-10 daraja iliq, 23-noyabrda 10-15 daraja iliq, 24-noyabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 23—24-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 23—24-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 22-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 23—24-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 21—22-noyabrda 11-16 daraja iliq, 23—24-noyabrda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 21—22-noyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 23—24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—22-noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 21—22-noyabrda 0-5 daraja iliq, 23—24-noyabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)