Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 9 oy davomida respublika bo‘yicha 315,2 milliard so‘mlik turistik xizmatlar ko‘rsatilgan. Ushbu xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan — 226,3 milliard so‘m.
Hududlar kesimida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog'liq boshqa xizmatlari hajmi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,2 milliard so‘m;
- Andijon – 1,8 milliard so‘m;
- Buxoro – 10,7 milliard so‘m;
- Jizzax – 0,8 milliard so‘m;
- Qashqadaryo – 2,5 milliard so‘m;
- Navoiy – 3,0 milliard so‘m;
- Namangan – 6,7 milliard so‘m;
- Samarqand – 20,7 milliard so‘m;
- Surxondaryo – 1,2 milliard so‘m;
- Sirdaryo – 1,0 milliard so‘m;
- Toshkent – 6,8 milliard so‘m;
- Farg‘ona –8,4 milliard so‘m;
- Xorazm –23,1 milliard so‘m;
- Toshkent shahri – 226,3 milliard so‘m.
Izoh (0)