Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylardan birida kran qulab tushgani aks etgan videolavha tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 19-noyabr taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Choshtepa ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilayotgan yuk ko‘tarish krani qulab tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas’ullari yetib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)