Samarqand viloyatining Samarqand tumanida qaynonasi bilan urishib qolgan ayol 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zini kanalga tashladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 3-noyabr kuni yuz bergan. 1996-yilda tug‘ilgan Q.A. qaynonasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga achchiq qilib, o‘zini uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga tuman hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga tashlab yuborgan.
Shu tumandagi oshxonada ishlovchi fuqarolar ularni qutqarib qolgan.
Ammo ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)