Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat tumanning “Oltin vodiy” mahallasi hududidan o‘tgan Oltin vodiy—Do‘stlik yo‘nalishida sodir bo‘lgan. G‘allaorol tumani “Korizquduq” mahallasida yashagan O.T. Nexia avtomashini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
YTHda haydovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)