“Bavariya” klubi va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane bir necha oy maydonga qayta olmaydi.
Avvalroq futbolchi operatsiya qilingani va Senegalga JCH—2022 da yordam berolmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Germaniyaning Sport1 nashri xabariga ko‘ra, “Bavariya” forvardi 3,5—4 oyga safdan chiqqan.
Shunday bo‘lgan taqdirda Sadio kamida Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi “PSJ”ga qarshi o‘yinlarning dastlabkisini (15-fevral) o‘tkazib yuboradi. 9-mart kungi javob o‘yinida ishtirok etish masalasi esa so‘roq ostida qoladi. Hammasi tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.
Bir necha kundan keyin Mane Myunxenda tiklanish muolajalarini boshlaydi. Jamoaning uning to‘liq tiklanishini istayapti va jarayonni tezlashtirish niyatida emas.
Izoh (0)