• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Fergyuson o‘zidan keyin klubda katta bo‘shliq qoldirib ketgan ekan”. Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusi e’lon qilindi

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning The Times nashriga bergan intervyusining to‘liq versiyasi e’lon qilindi. Quyida uning ayrim qismlari o‘zbek tilida taqdim etiladi.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun
    “Manchester Yunayted” infrastrukturasi haqida

    Manchester “Real” va “Yuventus”dan ham juda orqada qolib ketgan. 13 yil ichida klubda hech narsa o‘zgarmagan. Bu men uchun yoqimsiz syurpriz bo‘ldi.

    “Manchester Siti”ga o‘tmagani haqida

    Ser Aleks Fergyuson menga: “Hey, sen bu jamoada o‘ynashing mumkin emas” dedi. Men esa: “Okey, boss” deb javob berdim”.

    Messi haqida

    Messi haqida faqat yaxshi narsalarni gapirishim mumkin. U hammasini faqat futbol uchun qilyapti. Ha, u men ko‘rgan, o‘zim qarshi o‘ynagan, kurashganlarim orasida eng yaxshilaridan. Qoyilmaqom, sehrgar futbolchi.

    U bilan 16 yil bir sahnani bo‘lishib kelyapmiz. Tasavvur qilyapsizmi? 16 yil-a! U bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ha, har kuni bir-biriga qo‘ng‘iroq qiladigan, uylarimizga tez-tez mehmon bo‘lib kelib turadigan darajada do‘stlar emasmiz. Biroq jamoadosh singari munosabatlarga egamiz. Uning men haqimdagi fikrlariniyam juda hurmat qilaman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Messi bilan birga ovqatlanish haqida

    Nega endi yo‘q? Men insonlar bilan uchrashishni, g‘oyalar almashishni va nimanidir o‘rganishni yaxshi ko‘raman. Buni bajonidil qilgan bo‘lardim.

    Tanqidlar haqida

    Endi meni tez-tez tanqid qilishni boshlashdi va buning sababini tushunmayman. Muammoning bir qismi — hasad. Men yolg‘on va axlatdan iborat matbuotni o‘qishni yoqtirmayman.

    Vafot etgan farzandi haqida

    O‘g‘limning xokini otamning xoki yonida saqlayman. Ular bilan doim suhbatlashaman. Ular menga eng yaxshi erkak, eng yaxshi ota bo‘lishimga yordam beradi.

    Qadriyatlar haqida

    Faqat meni yoqtiradigan insonlar haqida qayg‘uraman. Meni xushlamaydigan insonlarga esa vaqtimni sarflamayman.

    Fergyusondan keyingi bo‘shliq

    Men klub bilan shartnoma imzolagan vaqtimda, ular Sancho va Varanni ham safga qo‘shib oldi. Buni ko‘rib hammasi “Manchester Yunayted”da qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘lyapti deb o‘yladim. Ammo bu xato chiqdi. Ser Aleks o‘zidan keyin klubda katta bo‘shliq qoldirib ketgan ekan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Instagram haqida

    Bundan g‘ururlanaman (obunachilari eng ko‘p shaxsligidan). Bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi, ya’ni men insonlarga yoqishimni bildiradi. Nega men birinchiman? Nega aynan men? Ba’zan bu haqida o‘zimdan ham so‘rab turaman. Yaxshi tashqi ko‘rinish ham bunga yordam beryapti deb o‘ylayman. Shuningdek, mendagi xarizma ham. Men xuddi mazali mevaga o‘xshayman. Hamma mendan tatib ko‘rgisi keladi. Aynan qaysi meva? Balki, qulupnaydir.

    Ibrat haqida

    Men boshqalar ibrat olishi uchun namunaman. Mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib kelaman, oxirgi bo‘lib ketaman. Yosh o‘yinchilarning eng yaxshilardan o‘rnak olmayotganlaridan hayratdaman, bunday futbolchilarning faoliyati uzoq davom etmaydi.

    Hech qaysi jamoa o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamagani haqida

    Yozda katta mablag‘li taklif bo‘lgani rost. Ammo men “Manchester Yunayted”da baxtli edim va yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazishga bel bog‘lagandim. Biroq OAV Krishtianuni hech qaysi jamoa xohlamayotgani haqida yozdi. Qanday qilib o‘tgan mavsumda 32 ta gol urgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamaydiganlar bo‘lishi mumkin?!

    “Arsenal” haqida

    Birinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” muxlisiman. Agar biz APLda chempion bo‘la olmasak, u holda “Arsenal” g‘olib chiqishini xohlardim. Bu jamoa va uning murabbiyi menga yoqadi. Ularda hozir yaxshi jamoa bor.

    Rangnik haqida

    Sulsherni iste’foga chiqargandan so‘ng klubga top murabbiyni taklif qilish kerak edi, sport direktorini emas.

    Sulsher haqida

    U bilan birga ishlashdan baxtiyor edim, hatto bu uzoq davom etmagan bo‘lsa ham. Bu juda yaxshi tajriba bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Ten Hag haqida

    Hurmat yuzasidan “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushirmasliging yaxshi, ammo “Tottenhem”ga qarshi 3 daqiqa uchun maydonga tushirmoqchiliging… Bu umuman mantiqsiz-ku. Uni tanqid qilishni istamayman. Uning boshqa fikri bo‘lishi mumkin.

    U o‘z qarashlariga ko‘ra jamoa uchun yaxshi bo‘lgan futbolchilarni tanlaydi. Hurmatga loyiq insonni hurmat qilmayapti. Ha, bu bor narsa. Balki, shuning uchun ham “Tottenhem” bilan o‘yinda erta ketib qolgandirman… Murabbiyning meni 3 daqiqa maydonga tashlashga haqqi yo‘q. Kechirasiz, men bunday o‘yinchimasman. Jamoaga nima bera olishim mumkinligini yaxshi bilaman.

    Hozirgi holati haqida

    Hozir 20 yoshimdagidek holatdaman deb aytishni xohlamayman. Biroq har doim vaziyatga moslashib kelganman, chunki kuchli tomonlarimni bilaman. Hamon yuqori darajada o‘ynayapman, gollar uryapman — agar o‘zimni baxtli his qilsam, buni davom ettiraman. Va albatta atrofimda menga bu borada yordam beradigan, xususan, murabbiy, prezident va klub rahbariyati bo‘lsa.

    Biroq yoningda kerakli energiyani his qilmasang, o‘zingda qolish qiyin. Aynan shu narsa menda sodir bo‘ldi. Ha, tanqidlardan qochib bo‘lmaydi: “Oh, allaqachon u 37 yoshda, endi u avvalgidek emas”. Kimdir shu yoshda mening darajamda o‘ynay oladimi yoki yo‘q shuni ko‘rishni xohlardim. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va mundialni yaxshi o‘tkazishga ishonyapman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida

    Hozir JCH—2022 ga bor e’tiborim qaratilgan. Bu, ehtimol, so‘nggi turnirim. Undan keyin nima bo‘lishini bilmayman, biroq muxlislar doim qalbimda qoladi — jamoaga qaytish yoki qaytmasligimdan qat’i nazar.

    Hech kim mukammal emas. Men ham odamman, xatolar qilaman. Klubga kelgan vaqtimda jamoaga yordam berishni, kuchli klublarga qarshi kurashda ko‘maklashishni, nimadir yaxshiroq narsa qilishni xohlagandim. Biroq qanotlaringni kesishganda, porlashingni xohlashmaganda, sening maslahatlaringga quloq tutishmaganda buni bajarish o‘ta qiyin.

    Motivatsiyam bir necha oy ichida o‘zgardi. Menga yangi chaqiriq kerak deb aytishni xohlamayman. Ammo men va “Yunayted” uchun ham yangi sahifa, ehtimol, foydali bo‘lar. Agar qaytadigan bo‘lsam, so‘nggi yillarda boshqa jamoalar safida qanday porlagan bo‘lsam, shunga imkon berishlariga umid qilaman.

    Faoliyatini yakunlash haqida

    Yana ikki yoki uch yil o‘ynashni istayman. Bu maksimum. Faoliyatimni 40 yoshda yakunlamoqchiman. Bu yaxshi yosh deb hisoblayman. Biroq bilmadim, kelajakda nima bo‘lishi noma’lum.

    Krishtianu Ronaldu, futbolchi

    Mavzuga doir:
    • “Ten Hagni hurmat qilmayman. Klub menga xiyonat qildi” — Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi vaziyat haqida keskin gapirdi
    • “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
    • Bekhem intervyudan keyin tanqidlarga uchragan Ronalduni qo‘llab-quvvatlagan

    18.11.2022, 16:06   Izoh (0)   27678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Eng zo‘r—2022”. O‘zbekiston futbolida yilning eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

    18.11.2022, 14:52

    Benzema, Maldini, Saloh. Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshilari aniqlandi

    18.11.2022, 11:42

    Rasman: Sadio Mane JCH—2022 ni o‘tkazib yuboradi

    18.11.2022, 10:37

    Qatar JCH—2022 ochilish o‘yinida g‘alaba qozonish uchun Ekvador futbolchilariga pora bergani aytilmoqda

    18.11.2022, 01:28

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Rossiya Tojikistonni yenga olmadi, Ispaniya Iordaniyaga imkon qoldirmadi. Yaponiyada mag‘lubiyat

    18.11.2022, 00:55

    Angliya yetakchi, Fransiya — 3, Argentina 8-o‘rinda. JCH—2022 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari

    17.11.2022, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ayol farzandi bilan tortishib qolgan bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:55

    Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

    Dunyo | 18 iyul, 17:45

    Los Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi

    Sport | 18 iyul, 17:45

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.