• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Garajda boshlangan biznesdan dunyoni o‘zgartirgan texnologiyalargacha: Stiv Jobsning muvaffaqiyat yo‘li

    Apple asoschisi Stiv Jobs Amerikaning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biri edi. Biroq muvaffaqiyatga erishish uchun u juda ko‘p mehnat qilgan.

    Asrandi o‘g‘il

    Foto: Legion-Media

    Stiv Jobs 1955-yilda San-Fransiskoda ikki aspirant oilasida tug‘ilgan. Farzand ko‘rishni rejalashtirmagan yosh oila chaqaloqni berib yuborishga qaror qilishadi. Bo‘lajak tadbirkorning onasi o‘g‘lining ziyolilar oilasida ulg‘ayishini juda xohlardi. Ammo Stivni oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mehribon er-xotin — Pol va Klara Jobs asrab olishadi.

    Jobsning asrab olgan otasi avtomexanik bo‘lgan, Stiv undan ko‘p narsani o‘rgangan. Ota o‘g‘liga stolining bir chetidan joy berib, uni juda qiziqtirgan elektronika bilan tanishtirishga erinmaydi. Jobs asrab olgan ota-onasini juda yaxshi ko‘rgan. Jobs daho bo‘lib tug‘ilmagan. U tashabbuskor va qiziquvchan oddiygina bola edi.

    Stiv o‘rta maktabda o‘qib yurganida Hewlett Packard kompaniyasi prezidenti Bill Xyulett bilan bog‘lanib, undan maktabdan topshiriq qilib berilgan o‘z loyihasi uchun ba’zi narsalarini so‘raydi. Xyulett Jobsning tashabbusidan shunchalik ta’sirlanganki, u Stivga o‘z kompaniyasida amaliyot o‘tashni taklif qilgan.

    Qiyin kechgan o‘smirlik

    Foto: Legion-Media

    Keyinchalik yigit noqonuniy moddalarga qiziqib qoladi, hippilarga ergashib, sevgan qizi bilan uydan chiqib ketadi, bir so‘z bilan aytganda, u ota-onasini juda ko‘p tashvishga qo‘yadi.

    Jobs maktabda o‘qib yurganidayoq o‘zidan katta bo‘lgan Stiv Voznyak bilan tanishadi. Yigitlarning umumiy qiziqishi — texnologiya edi, shuning uchun ular Jobsning garajida yig‘ilib, u yerda o‘zlarining ixtirolari ustida ishlashadi.

    O‘rta maktabdan so‘ng Jobs Oregondagi kollejga hujjat topshiradi, lekin u tezda o‘qishdan zerikib, kollejni tashlaydi. Ota-onasi ko‘p yillar davomida o‘g‘lining o‘qishi uchun pul jamg‘argan, Jobs kollejni o‘zi tanlagan bo‘lsa-da Stiv kollejdagi ta’limni befoyda va pulni behuda sarflash degan fikrga keladi.

    Talabalar yotoqxonasida o‘zimning xonam yo‘q edi, shuning uchun do‘stlarimning xonasida polda yotardim, yegulik sotib olish uchun Coca-Cola shishalarini yig‘ib besh sentga topshirardim. Haftada bir marta to‘yib ovqatlanish uchun har yakshanba kuni yetti mil yurib krishnaizm ibodatxonasiga borardim, — deb eslaydi tadbirkor.
    Apple

    Foto: Legion-Media

    Keyinchalik ota-onasining yoniga qaytgan Jobs videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi Altari kompaniyasiga ishga joylashadi. U yerda qisqa muddat ishlab, ruhiy hotirjamlik izlab Hindistonga boradi. U endi giyohvandlikni tashlagandi. Uning o‘rnini buddizm va vegetarianizm egallaydi.

    Sayohatdan so‘ng Jobs va Voznyak 1976-yil 1-aprelda Apple kompaniyasiga asos solishadi, bu tarixiy voqea Jobsning garajida sodir bo‘ladi.

    Ikkala Stiv shaxsiy kompyuter yaratish g‘oyasini o‘ylab topishganda, ba’zi buyumlarini (Volkswagen avtomobili va Hewlett Packard kalkulyatori) sotishadi va tushgan mablag‘ni loyihani moliyalashtirish uchun ishlatishadi. Kompaniyaning birinchi mahsuloti Apple I elektron yozuv mashinkasi shunday dunyoga keladi.

    Foto: Legion-Media

    Ikki tadbirkor ishlab chiqarilgan 200 ta modelning taxminan 88 foizini sotishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq yana bir necha investor topib, Apple II deb atagan yangi va takomillashtirilgan kompyuterni ishga tushirgandan so‘ng, Jobs va Voznyak o‘zlarining “to‘ng‘ich”larini ishlab chiqarishdan voz kechishadi.

    Apple II kompaniyaning eng muvaffaqiyatli mahsulotlaridan biriga, shuningdek, dunyodagi birinchi shaxsiy kompyuterga aylanadi.

    Shundan keyin ularning biznesi rivojlana boshlaydi. Ular IBM kabi gigant kompaniya bilan raqobatlasha boshlaydi. Apple III, Apple Lisa va Macintosh paydo bo‘ladi. 1978-yilda Stiv Jobsning boyligi bir million dollarga baholangan bo‘lsa, ikki yildan so‘ng u 250 million dollarga yetadi. Biroq 1985-yilda IBM o‘zining shaxsiy kompyuterini chiqargandan so‘ng Apple’da muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Jobs o‘sha paytdagi bosh direktor Jon Skalli bilan juda ko‘p ziddiyatlarga boradi — ular Apple’ning rivojlanishi borasida turlicha qarashlarga ega edi.

    Ularning orasidagi tafovutlar shu qadar katta ediki, Jobs va Voznyak oxir-oqibat kompaniyani tark etishadi.

    Zafarli qaytish

    Foto: Legion-Media

    Biroq bu muvaffaqiyatsizlik Jobsni sindira olmaydi — u Next Inc. deb nomlangan yana bir kompaniyaga asos soladi. U investorlargama’qul keladigan, bozorda talabgir bo‘lgan mahsulotlarni yaratadi. Bundan tashqari, tadbirkor keyinchalik Disney’ning Pixar animatsiya studiyasiga sarmoya kiritadi. Jobs o‘zining asosiy g‘oyasiga, ya’ni “dunyoni texnologiya yordamida o‘zgartirish”ga qat’iy amal qiladi.

    Bir necha yil ichida Next shu qadar muvaffaqiyatli bo‘ladiki, Apple oxir-oqibat uni sotib olishni xohlaydi va bunga erishadi ham. 1997-yilda Stiv Jobs Apple kompaniyasiga maslahatchi sifatida qaytadi, keyinchalik kompaniyaning bosh direktori bo‘ladi.

    Jobs ishiga qaytganida, Apple kompaniyasiga yangi hayot olib keladi. Avvalgi bosh direktor davrida korporatsiya yillar davomida katta yo‘qotishlarga uchragan bo‘lsa-da, Jobs kompaniyani deyarli bir o‘zi o‘zgartiradi. Uning strategiyasi texnologiya sanoatining stereotiplarini buzish edi.

    2001-yilda kompaniya birinchi iPad’ni chiqaradi, 2007-yilda birinchi iPhone dunyo yuzini ko‘radi, bir yildan keyin MacBook Air taqdim etiladi.

    Shaxsiy hayot

    Kris-Enn Brennan

    Birinchi sevgilisi Kris-Enn Brennan (Stiv bilan birga uydan chiqib ketgan qiz) bilan Jobs bir necha yil yashaydi. 1978-yilda ularning qiz tug‘iladi, unga Liza deb ism berishadi. Shunga qaramay Jobs bolani tan olmaydi. Biroq DNK testi qizning otasi Apple kompaniyasi asoschisi ekanligiga hech qanday shubha qoldirmaydi. Oxir-oqibat Jobs Kris bilan ajrashadi, lekin moliyaviy yordam berib, keyinchalik qizi Liza bilan munosabatlarini tiklaydi.

    Stiv Jobs rafiqasi Loren Pauell va farzandlari bilan

    1991-yilda Jobs Loren Pauell bilan turmush quradi, ular Rid ismli o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lishadi. Keyinchalik juftlikning ikki qizi dunyoga keladi: Erin va Iv. Biznesmenning kenja qizi hozirda modellik karyerasini muvaffaqiyatli qurmoqda.

    Iv Jobs

    Iv Jobs
    Foto: Legion-Media

    2003-yilda Stiv Jobsga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yiladi. 2011-yil 24-avgustda u nihoyat Apple rahbari lavozimini tark etib, boshqaruvni Tim Kukka topshiradi. 5-oktabr kuni esa Stiv o‘z uyida oilasi va do‘stlari qurshovida vafot etadi.

    Foto: Legion-Media

    “Biz borliqda o‘zimizdan nimadir qoldirish uchun ham dunyoga kelganmiz. Aks holda, nega biz bu yerdamiz?”, — deb hisoblagan Jobs. Va u bu vazifani uddaladi va tarixda o‘z izini qoldirdi.

    Mavzuga doir: 

    • Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida buyuk ayol turadi: Daholarni voyaga yetkazgan onalar
    • Kerakli narsalarnigina xarid qiling, kino o‘rniga kitobni tanlang: Dunyodagi eng badavlat insonlarning sizni hayratda qoldiradigan odatlari
    • Foto: Oliy ma’lumotga ega bo‘lmay ham ulkan muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar

    17.11.2022, 11:53   Izoh (0)   27378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Gender party o‘tkazgan Xonzoda, muxlisidan maqtov eshitgan Zohirshoh, Bollivud yulduzining shogirdiga aylangan Rayhon Asadova

    16.11.2022, 22:56

    Bolalar va kattalar sevib tomosha qiladigan eng yaxshi multfilmlar (video)

    16.11.2022, 20:59

    Moda borasida Keyt Middlton bilan bemalol raqobatlashadigan Ispaniya qirolichasi Letisiyaning zamonaviy obrazlari (foto)

    16.11.2022, 18:40

    Germaniyada o‘tgan bolalik, turk kinosidagi olamshumul muvaffaqiyat: Aktrisa Fahriye Evjen haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

    16.11.2022, 14:46

    Osman Navro‘zov to‘yda mushtlashib, ishi sudgacha borgani hamda “Lyubimaya” klipidan 50 ming dollar daromad topgani haqida (video)

    16.11.2022, 13:48

    “Abadiy Vakanda” filmi namoyishining birinchi haftasida 330 million dollar to‘pladi

    16.11.2022, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.