Yevropa Markaziy banki (ECB) Yevropa moliya tizimi uchun xavflar ortib borayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda chorshanba, 16-noyabr kuni tashkilot matbuot-relizida ma’lum qilindi.
Energiya narxlarining keskin oshishi fonida yevrohududda moliyaviy barqarorlik xavfi ortdi.
Shu bilan birga, markaziy banklar inflyatsiyani jilovlash choralarini ko‘rayotgani sababli moliyaviy sharoit keskinlashdi, — deyiladi hisobotda.
Hisobotda aytilishicha, ko‘proq qarzdor bo‘lgan uy xo‘jaliklari, firmalar va hukumatlar zaifroq bo‘lib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, bu tahdidlarning barchasi bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi mumkin.
Oktabr oyi oxirida Yevropa Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket ikkinchi marta 75 punktga oshirgandi.
Izoh (0)