Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Polshaga tushgan raketalarning Rossiyaga aloqasini inkor etdi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Rossiyaning sodir bo‘lgan voqeaga aloqasi yo‘q, deb o‘ylayman” — dedi Turkiya rahbari Indoneziyada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti chog‘ida jurnalistlarga.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Rossiyaning bayonotiga hurmat bilan qaraydi. Shuningdek, u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan bo‘lib o‘tgan voqeani muhokama qilganini aytdi. Shols  hodisa yuzasidan batafsil tekshiruv o‘tkazish zarurligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari AQSH prezidenti Jo Baydenning pozitsiyasini eslatdi. Bayden “dastlabki ma’lumotlar Polshaga raketalar Rossiyadan uchirilganini rad etmoqda” degandi.

Polshaga raketalar kelib tushdi

 15-noyabr kuni Ukraina hududi yoppasiga hujumga uchradi, energetika infratuzilmasi obyektlari uning nishoniga aylandi. Hukumat portlashlar va elektr energiyasidagi uzilishlar haqida ma’lum qildi.Shundan keyin Polshaning Radio Zet radiosi Ukraina bilan chegaradan 8 km uzoqlikda, Lyublinsk viloyatidagi Pshevodov qishlog‘ida joylashgan don quritish inshootida portlash yuz berib, oqibatda ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yong‘in xizmati hodisa sababi hozircha noma’lumligini qayd etdi.

Polshada milliy xavfsizlik qo‘mitasi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, shundan keyin Varshava ba’zi harbiy qismlarda jangovar shaylikni oshirdi. Polsha prezidenti Anjey Duda 16-noyabrga Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini ham belgilagan.

Reuters yozishicha, shu kuniyoq Polsha iltimosi bilan NATO elchilari favqulodda uchrashuv o‘tkazadi, u alyans ustavining tomonlardan birining hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida qolgan taqdirda, maslahatlashuvlar olib borish haqidagi 4-moddasi asosida tashkil etiladi. Shuningdek, 16-noyabrga BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha majlisi ham belgilangan.

Rossiya portlashga aloqadorligini rad etmoqda

Bir qator mamlakatlar hodisada Rossiyani aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi portlashga aloqadorligini rad etdi va Polsha—Ukraina chegarasiga yaqin obyektlarga zarbalar berilmaganini ma’lum qildi. Mudofaa idorasi bunday xabarlarni “keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan provokatsiya” deb atadi. Pentagon Polshaga kelib tushgan raketalar Rossiyaniki bo‘lganini hozircha tasdiqlay olmasligini bildirdi. OAVlarga ko‘ra, voqea joyidan topilgan raketa bo‘laklarida yozuvlar yo‘q.Duda Varshavada raketalarning kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligini aytdi. “Kun bo‘yi Rossiyaning Ukrainaga qarshi raketa hujumi davom etganini aniq bilamiz, biroq ayni paytda bizda bu raketani kim uchirgani yuzasidan aniq dalillar yo‘q”, — dedi u.

Bu orada Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Andreyevni chaqirtirdi va undan Ukraina o‘qqa tutilganidan keyin Polshaning chegaraga yaqin qishlog‘iga “Rossiyada ishlab chiqarilgan snaryad kelib tushgani” yuzasidan “zudlik bilan batafsil tushuntirishlar” berishni talab qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov