• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Simyog‘ochlar qulab tushib, tok urish xavfi bor, yo‘llar abgor”. Andijonning Buloqboshi tumanida yashovchi aholi muammolar girdobida yashamoqda

    Andijon viloyatining Buloqboshi tumani “Uchtepa” mahallasida yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, hududda “Obod qishloq” dasturi asosida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar belgilangan muddatda qilinmaganligi bois, yog‘ingarchilik kunlarida ko‘chalarda yurib bo‘lmayotganini, o‘quvchilar maktabga borib-kelishda qiynalayotganini ma’lum qildi.

    “Daryo” muxbiri aholi murojaatini o‘rganish maqsadida Buloqboshi tumanida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Mahalla aholisining aytishicha, mutasaddilar ko‘chaning asosiy qismi asfalt qilib berilishini, kichik ko‘chalarda yashovchilar esa shaxsiy mablag‘lari evaziga hashar usulida o‘zlari yo‘lni ta’mirlab olishlari kerakligini bildirgan. Bu bo‘yicha hokimlik va quruvchilarga murojaat qilingan bo‘lsa-da qoniqarli javob berilmagan.

    Mahalla faoli Abdulhakim Sattorovning ta’kidlashicha, ushbu mahallaga aholi o‘tgan asrning 90-yillarida ko‘chib kelgan. Aholi mahallaning “Obod qishloq” dasturiga tushganini eshitib xursand bo‘lgan. Biroq yil oxirlagan sari dastur bajarilish bo‘yicha umid qolmagan.

    Abdulhakim Sattorov.

    Abdulhakim Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Ushbu uchastkalar 1990-yillarda berilgan. Men o‘zim 1993-yilda ko‘chib kelganman. Shundan beri shu yerda yashayman. Bu yerga ko‘chib kelganimizdan beri o‘zimiz yo‘llar qilganmiz. Mahalla pul yig‘ib elektr energiyasini tortganmiz. Bu yil mahallamiz “Obod mahalla” dasturiga tushgan. Allohga shukr suv muammosi hal bo‘ldi. Lekin yo‘llarimiz hali o‘nglanganicha yo‘q, simyog‘ochlarimiz almashtirilmagan. Hali ham o‘sha qo‘lbola ustunlar. Yomg‘ir yog‘sa, ko‘chalardan yurib bo‘lmaydi.Mahallamiz “Obod mahalla” dasturiga kirganda aholi raisga borganmiz. Sizlardan hech qanday hujjat kerak emas, barchasini o‘zimiz qilyapmiz, hech qanday xijolat bo‘lmasdan faqat kutinglar, hammasi birin-ketib qilib beriladi deyishgandi. Lekin yil tugash arafasida bo‘lsa ham bizning ko‘chada hali hech narsa bo‘lgani yo‘q. Yakuniga yetmasdan qolib ketadi degan hadikdamiz”, — deydi Abdulhakim Safarov.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Yana bir faol Ismatilla Nurmatov esa mahalladagi muammolar sabab to‘y va o‘lim marosimlarini o‘tkazishda ham qiyinchiliklar bo‘layotganini bildirmoqda.

    Ismatilla Nurmatov.

    Ismatilla Nurmatov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Noshukurlik qilayotganimiz yo‘q, lekin bu yerga ko‘chib chiqqanimizga ham o‘ttiz yildan oshdi-da. Yomg‘irli kunlarda mashinalarning yurishi ham juda qiyin. Hatto ba’zida to‘y yoki o‘lim marosimlarini o‘tkazishda ham qiyinchilik bo‘lyapti. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida ko‘chalarning sholipoyadan farqi bo‘lmay qoladi. Ahvol juda yomon. Hozirda asosiy muammoyimiz shu asfalt. Biz-ku bir amallarmiz, ammo maktabga qatnaydigan bolalarimizga qiyin bo‘lyapti, — deydi Ismat Nurmatov.
    Mohidilxon Madrahimovaning aytishicha, ko‘chaga o‘rnatilgan simyog‘ochlar nobopligi va temirdan bo‘lganligi sababli to‘k urish va shamolda qulab tushish xavfi bor. Bu esa qish-qirovli kunlarda ota-onalarning xavotiri oshishiga sabab bo‘lmoqda.

    Mohidilxon Madrahimova.

    Mohidilxon Madrahimova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Bu mahallaga ko‘chib chiqqanimizga o‘ttiz yildan oshdi. Ko‘chib chiqqanimizda yosh edik, shuncha yil yashab, nevarali, ayrimlarimiz chevarali ham bo‘ldik. Nolishmas, Xudoga shukr suv muammosi hal bo‘ldi. Yaqin orada albatta chiqib qoladi. Lekin, bizda bitta muammo yog‘och ustunlar, oldiga borsangiz to‘k uradi. Bolalar yoniga bormasin, deb qo‘rqamiz. Shamol bo‘lsa simyog‘och qaysi o‘quvchining boshiga tushdi ekan, deb xavotir olamiz.

    Bundan tashqari, ko‘chib chiqqan yilimiz hammamiz yonimizdan ko‘chalarimizga tosh, shag‘allardan yo‘l qilganmiz. Yaqinda ko‘chaga suv tortilganidan keyin yo‘llarimiz battar bo‘lib ketdi. Yosh bolalar bog‘cha va maktabga borgani qiynalyapti. Yo‘l yomonligidan yiqilib tushishyapti. Nabiram necha marta sirpanib yiqildi, har safar ust-boshlarini yangilayapmiz. Shular sababli uyda ming xayolda o‘tiramiz, — deydi Mohidilxon Madrahimova.

    Mahalla faollaridan yana biri Fayzullo Jo‘rayevning aytishicha, mablag‘i yetgan xonadon egalari uyi atroflariga sheben to‘ktirib yoygan. Biroq qolganlarning imkoniyati yetmaganligi sababli ochiq joylar qolib ketgan. Natijada yog‘in-sochin kunlarda aholiga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Fayzullo Jo‘rayev.

    Fayzullo Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Ko‘chalarni yaxshilash uchun nimaiki chiqim bo‘lsa, o‘zimiz qilganmiz. Mana shu shebenniyam birinchi yomg‘ir yoqqan kundan keyin o‘zimiz to‘kdik. Aynan o‘sha kuni mahalla raisini chaqirib, o‘zimiz qilyapmiz deb ko‘rsatdim. Dastur doirasida o‘ng va chap taraflarimizdagi ko‘chalar ham qilindi. Biroq hali bizga yetib kelmadi. Bu yoqda esa yog‘in-sochin kunlar. Bolalarimiz qishni kunida qiynaladi, hammasi bir ahvolda keladi. Na rais, na hokim yordamchisi holimizdan xabar olmaydi.Vaholanki, ko‘p narsalarni azaldan o‘zimiz qilyapmiz. Misol uchun mana simyog‘ochlarni bundan uch yil oldin o‘zimiz olib o‘rnatganmiz. Sheben ham to‘ktirganmiz. Biroq yaqinda suv tortish uchun deb kovlashgandi yana oldingidek yurib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Shu ko‘chada yashovchi 12 ta xonadon bir amallab pul yig‘dik va sheben to‘ktirdik. Ammo qolganlarning mablag‘i yo‘qligi uchun qilolmayapti. Qish-qirovli kunlar kelmasdan yakuniga yetib berishsa yaxshi bo‘lardi, — deydi Fayzullo Jo‘rayev.

    Temurmalik Qodirov.

    Temurmalik Qodirov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Buloqboshi tumani hokimligining qurilish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Temurmalik Qodirovning ma’lum qilishicha, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha “Uchtepa” mahallasining 9542 metr ko‘chalarini asfaltlash, betonlash hamda shag‘allash rejalashtirilgan. Shundan 800 metr asfalt “Mustaqillik” ko‘chasiga yotqizilishi belgilangan. Ko‘chaning qolgan qismlari esa hashar yo‘li bilan shag‘allashtirilish ko‘zda tutilgan.

    “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 2022-yilda tumanda “Uchtepa” va “Tinchlik” mahalla fuqarolari yig‘inlari rejaga kiritilgan. Bu bo‘yicha ishlarni olib boryapmiz, yo‘l qurilishi, suv tarmog‘i, elektr energiya tortish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Dasturga ko‘ra “Uchtepa” mahallasining 9542 metr yo‘lini ta’mirlash rejalashtirilgan. Shundan 1950 metrida beton yo‘l qurish, 6592 metrida esa asfalt yo‘l qurish va bir kilometr joyni shag‘allash rejalashtirilgan. Hozirda betonlash va shag‘allash ishlari to‘la yakunlangan. Shu kunga qadar ikki kilometrdan oshiq yerni asfaltlash ishlarini yakunladik. Yetti yarim kilometrga suv tarmog‘ini tortish ishlari yaqinda yakunlandi. Hozirda “Yoshlik” ko‘chasida asfalt ishlari olib borilyapti.

    Mustaqillik ko‘chasida 800 metr asfalt qilishni rejalashtirganmiz. Suv tarmog‘ini tortishda kechikish bo‘lganligi sababli asfalt qurish ishlari hali bu ko‘chada boshlangani yo‘q. Belgilangan pul rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha ishlarni amalga oshiryapmiz. Ko‘chaning bitmay qolgan qismlarni, ya’ni loy ko‘chalarni mahalliy hokimiyat, ya’ni o‘zimiz hashar yo‘li bilan shag‘allab, mahalla sharoitini to‘g‘rilab berishni rejalashtirganmiz”, — deydi Temurmalik Qodirov.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan mahalla raisi Hakimbek Xolmatov dastur bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar qilinayotganligini, haqiqatan ham Mustaqillik ko‘chasida suv tarmog‘i kech tortilganligi sababli yog‘ingarchilikda ko‘cha loy bo‘lganligini bildirgan. Shuningdek, ko‘chaning rejaga kiritilmagan qismlariga o‘z hisobidan shag‘al va sheben to‘ktirib, aholi norozi bo‘lmaydigan qilib ish tashkil qilishga va’da bergan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Maqola tayyorlanishidan oldin “Daryo” muxbiri mahalla raisining va’dasi bajarilgan yoki bajarilmagani bilish hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida murojaatchilar bilan yana suhbatlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatan ham ko‘chaga sheben va shag‘al to‘kilib, greyder yordamida tekislangan. Asfalt masalasi esa tez orada yechim topishi va’da qilinganini bildirgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    14.11.2022, 20:38   Izoh (0)   24398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullandi

    14.11.2022, 20:02

    “Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan kuchliroq va zamonaviyroq hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz” — Josep Borell

    14.11.2022, 19:43

    “Qirg‘iziston ‘G‘ovasoy’ daryosining oqimiga to‘sqinlik qilmaslik va suvini ifloslantirmaslik majburiyatini olgan” — Abdulla Aripov

    14.11.2022, 19:08

    Abdulla Aripov O‘zbekiston va Qirg‘izistonning bahsli yer masalalariga aniqlik kiritdi

    14.11.2022, 18:47

    “Siz nima qilib berdingiz tumanga?” Uchtepa hokimligi jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga izoh qoldirdi (foto)

    14.11.2022, 18:28

    Nuriddin Zaynitdinov deputatlarning 30 foiziga oylik berib, doimiy ishlaydigan qilish taklifini berdi

    14.11.2022, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.