• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Siz nima qilib berdingiz tumanga?” Uchtepa hokimligi jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga izoh qoldirdi (foto)

    Telegram’dagi “Davletovuz” kanalida aholidan elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha so‘rov e’lon qilingach, jurnalist Aziza Qurbonova o‘zining Facebook sahifasiga Uchtepa tumanida gaz bosimi juda pasayib ketganini bildirgan holda rasm joylagandi. Tuman hokimligi esa postga izoh yozib, jurnalistga uning o‘zi tumanga qanday foydasi teggani haqida savol berdi.

    Foto: Telegram / @qurbonova_a

    Foto: Telegram / @qurbonova_a

    Jurnalist yuqoridagi rasmga “Salom, mening nomim — gaz. Lekin bunga shubham bor. Kuchim faqat miltillashga yetadi. 20 minutdan beri choy ham qaynatolmayman. Egalarim o‘tmishim — o‘choqqa qaytishgan. Ha, shunaqa. Manzilim — Uchtepa tumani Cho‘ponota mahallasi” deya izoh qoldirgan edi.

    “Uchtepa tumani hokimligi” nomi ostidagi profil esa ushbu post ostida munosabat bildirgan.

    Bo‘ldi-da, Azizaxon, nima qilasiz olovga yog‘ sepib? Hamma narsa nazoratga olingan. Qani, bir kun kelib Uchtepada ishlang-chi, ko‘raman. Bas qiling xalq g‘azabini qo‘zg‘atishni. Siz nima qilib berdingiz Uchtepaga? Tepada o‘tirib, aqllilik qilish nechog‘lik oson-a? Men ham siz o‘tirgan joyda anchagina o‘tirganman, lekin bunaqangi kattalik qilib, birovning g‘azabini keltirmaganman, Allohga shukur.

    Mening ismim — Uchtepa tumani hokimligi va men xalqimning og‘ir va yengil kunlarida ham birga bo‘lib, ular nafas olayotgan havodan nafas olaman, ular yurgan yo‘llardan yuraman, ularning dardi bilan yashayman. Mana men kimman, Azizabonu. Va sizga ham shuni tavsiya qilaman. O‘zingizdan kattalarga hurmat bilan yondashishni tavsiya qilaman, — deyilgan unda.

    Skrin: Facebook / @Aziza_Qurbonova

    Skrin: Facebook / @Aziza_Qurbonova

    Skrin: Facebook / @Aziza_Qurbonova

    Skrin: Facebook / @Aziza_Qurbonova

    Bu orada “Davletovuz” so‘rovnoma natijalari bilan bo‘lishib, kanal orqali o‘tkazilgan so‘rovnomada ham qariyb 60 ming kishi ovoz bergani, ularning 84 fozi (!) gaz va elektr energiyasi muammosiga duch kelayotganini ma’lum qilgani haqida yozgan.

    “Kommunikatsiya kerak” sarlavhali postda ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzusi — har soatda o‘chayotgan elektr energiyasi, soatlab sovuqda o‘tirgan odamlar, kilometrlik navbatda turgan haydovchilar, hatto shaharlarda pasayib ketgan gaz bosimi bo‘layotgani haqida so‘z borgan.

    Lekin na Energetika vazirligi, na hukumatning boshqa mas’ullari xalqqa nima bo‘layotganini to‘g‘ri va sodda qilib tushuntirolyapti, qanaqadir tushunarsiz bayonotlar, tushunarsiz nosozliklar haqida gapirilyapti, lekin hech kim hech narsani tushunmayapti. Qahrga to‘la savollar havoda muallaq turibdi: nega, nega aynan hozir va nega shu holatga kelib qoldi? May oyidan kuz-qishga tayyorgarlik haqida gapiriladi-yu, lekin hali qish kelmasdan, tuzukroq qor yog‘masdan butun mamlakat taqdir hukmiga tashlab qo‘yilmoqda?

    Xalq bilan sifatli kommunikatsiya kerak. Xalq dardiga kimgadir foydali payti quloq tutish kerak emas, balki har kuni, har soatda manzilli gapirilmas ekan, xalqning davlatga ishonchini, agar qolgan bo‘lsa, borini ham yo‘qotish mumkin. Energetika tizimi dabdalasi chiqqan bo‘lsa — gapirilsin, kim dabdala qilgan bo‘lsa — jazosini olsin. Xalq bilsin, nega bunday bo‘layotganini. Odamlarni o‘z dardi bilan yolg‘iz qoldirishning badali qimmat bo‘ladi, — deyilgandi xabarda.

    Aziza Qurbonova o‘z postiga tuman hokimligi bildirgan munosabatdan so‘ng “Davletovuz”ning yuqorida yozganlariga ishora qilib, “Kommunikatsiya so‘raganmidinglar? Mana u”, deya hokimlik izohlaridan skrinshot e’lon qildi va quyidagicha fikr qoldirdi.
    Tepadagi postimga Uchtepa tumani hokimligining Feysbukdagi akkaunti shunday javob beribdi. Ko‘p ehtimol bilan bu matbuot xizmati boshlig‘ining gaplari. “To‘rabek To‘rayev?” degan savolimga javob ham bermadi va inkor ham etmadi. Klassik javob berilgan-a, nima dedingiz? Yashasin, “noliyverma, sen o‘zing davlatga nima qilib qo‘yding” klishesi.

    Yashasin, axborot xizmatining saviyasi.

    Yashasin, xalqining og‘ir va yengil kunlarida birga shu havodan nafas olgan va olayotgan, qachondir tepada (qaysi tepaligiga aniqlik kiritilmagan) ishlaganida birovni g‘azablantirmagan va “aq(i)llilik” qilmagan Uchtepa tumani hokimligi akkaunti.

    Yashasin, olovga (qani o‘sha olov? 2 soatdan beri teftel sho‘rvam qaynamaydi) yog‘ sepadigan va o‘zi tumanga hech narsa qilib bermagan, kattalarni hurmat qilmaydigan, Uchtepa tumani hokimligi akkaunti avval o‘tirib ko‘rgan tepada o‘tiradigan (qaysi tepa ekan, borardim o‘shatga) g‘alamis Azizabonu. Mana o‘zbekcha crisis communication va public relations’dan mahorat darsi. O‘rganinglar. Esiz, — deb yozadi jurnalist.

    Avvalroq Energetika vazirligi elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni to‘g‘ri tushunishga chaqirgan edi. Unda, xususan, kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib borayotgani, shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilayotganini ma’lum qilingan.
    Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz, — deyilgandi xabarda.
    Mavzuga doir:
    • “Har kuni elektr energiyasini tejash kunini nishonlayapmiz”. Namanganliklar Energetika vazirligidan hafsalasi pir bo‘lganini aytmoqda (video)
    • O‘zbekiston energotizimida og‘ir oqibatli “avariya” – blekaut xavfi borligi ma’lum qilindi
    • “Bu hali holvasi bo‘lishi mumkin” – o‘zbekistonliklar elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar oqibatidan xavotirda

    14.11.2022, 18:28   Izoh (0)   16036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nuriddin Zaynitdinov deputatlarning 30 foiziga oylik berib, doimiy ishlaydigan qilish taklifini berdi

    14.11.2022, 17:30

    Toshkentda kontrafakt kir yuvish kukunlari sotilayotgani aniqlandi

    14.11.2022, 17:27

    Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida sho‘ba mudiri etib tayinlandi

    14.11.2022, 17:23

    “Toshkent hokimi qarg‘ishi ko‘pchilikka yoqqan bo‘lsa, Samarqand hokimi uchun yozilgan shohona dasturxon ko‘pchilikni o‘ylantirdi”. “Daryo”da yakunlangan hafta day...

    14.11.2022, 17:13

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

    14.11.2022, 16:34

    Farg‘onada do‘kondan 9 mln so‘mlik telefon solingan seyfni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

    14.11.2022, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.