Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 14-noyabr kuni O‘zbekistonda ikkinchi marta zilzila sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 13:01 da (14.11.2022-yil, Grinvich bo‘yicha 08:01 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 304 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Xo‘jaobod tumanida 2—3 ball, 17 km;
- Buloqboshi tumanida 2—3 ball, 20 km;
- Jalaquduq tumanida 2 ball, 25 km.
Izoh (0)