Andijonda Umra safariga borish istagini bildirgan bir guruh shaxslarning 1,4 milliard so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro F.A. Xo‘jaobod tumanidan “Umra-2022” mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarodan jami 1,4 milliard so‘m naqd pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.
Tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan.
Izoh (0)