• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har kuni elektr energiyasini tejash kunini nishonlayapmiz”. Namanganliklar Energetika vazirligidan hafsalasi pir bo‘lganini aytmoqda (video)

    Namanganda elektr ta’minotida muntazam uzilishlar ro‘y bermoqda va bu holat aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Elektr ta’minoti korxonasining O‘zAvtodan nima farqi bor?”

    Kuz-qish mavsumi kirib kelganidan so‘ng viloyatda elektr energiyasi bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani, fuqarolar dispetcherlik xizmatlari yoki Call-markazlarga qo‘ng‘iroq qilib tushishga qiynalayotganidan so‘ng “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan elektr ta’minoti” deb nomlangan guruh ochilgan. 7,5 mingga yaqin a’zosi bo‘lgan ushbu guruh viloyatning turli hududlaridan yo‘llangan murojaat, shikoyat va savollarga ko‘milib ketgan.

    “11-noyabr Xalqaro elektr energiyasini tejash kuni ekan. Namanganda bu sanani har kuni nishonlayapmiz” deya kinoya qiladi foydalanuvchilardan biri. “Biror hokim yo prokurorning uyida bir soat ‘svet’ bo‘lmasa bormi, nima bo‘ladi?” deya savol yo‘llagan boshqa bir foydalanuvchi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Chortoq tumanidan yozilgan shikoyatda shunday satrlarni o‘qish mumkin: “Bizda to‘rt soatlab elektr yonmayapti. Eng qizig‘i, atrofimizda beshta sanatoriy bor. Dam olayotganlar respublikaning barcha viloyatlaridan kelishadi. Sharmanda bo‘lyapmiz. Bu ‘svet’ o‘chishining oxiri bormi o‘zi?”

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Nanay qishlog‘ida ‘svet’ni bir kunda 15-marta o‘chirib-yoqishyapti. Nima, qishloqdagilar odam emasmi?” deyiladi Yangiqo‘rg‘on tumanidan yo‘llangan e’tirozda. Yana bir foydalanuvchi esa “Elektr ta’minoti korxonasini O‘zAvtodan nima farqi bor? Sizlar ham oldindan to‘lov qildirib istalgan payt ‘svet’ berasizlar, u ham nari borsa 5 daqiqaga” deya zaharxanda qilgan.

    “Gaz bosimi pastligi sababli To‘raqo‘rg‘on IES yetarli quvvat yetkazib bermayapti”

    Milliy dispetcherlik markazi Namangan hududiy bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Irisqulovning aytishicha, sovuq kunlar boshlanishidan avval viloyatga kuniga 13 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan va ta’minotda deyarli muammo yuzaga kelmagan. Hozirda bu ko‘rsatkich 15,5 million kilovatt-soatga chiqarilgan, biroq ehtiyojni qoplab bo‘lmayapti.

    Milliy dispetcherlik markazi Namangan hududiy bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Irisqulov.

    Milliy dispetcherlik markazi Namangan hududiy bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Irisqulov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Yana bir muammo To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi bilan bog‘liq. 900 megavatt quvvatga ega stansiya gaz bosimi pastligi sababli 715 megavatt elektr energiyasi beryapti. Kam berilayotgan 185 megavatt esa Namangan shahrining bir kunlik iste’moliga teng.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Mutasaddining ta’kidlashicha, elektr energiyasiga yuklamaning haddan tashqari ortib ketgani natijasida kabel va transformatorlar shikastlanmoqda, elektr simlari erib ketmoqda. Avariya brigadalari esa har bir murojaatning ortidan ulgurishi qiyin bo‘lmoqda, ba’zan endi ta’mirlangan kabel yoki sim oradan hech qancha o‘tmay yana eski holatiga kelmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Namanganda elektr ta’minotidan nolimaydigan hududlar deyarli yo‘q, lekin ular orasida ham Namangan shahri, Chust va Uychi tumanlarida holat og‘ir ekanligi aytilmoqda.

    “Elektr tarmoqlari korxonasidan tortib hatto hokimlikda ham ‘svet’ yo‘q”

    Ijtimoiy tarmoq faoli Shukurjon To‘xtasinovning aytishicha, chindan ham Uychi tumani hozirda viloyatdagi elektr ta’minoti bo‘yicha eng muammoli hududlardan biri bo‘lib turibdi. Ahvol shu darajadaki, ba’zan tuman elektr tarmoqlari korxonasi, hatto hokimlikda ham ‘svet’ yo‘q.

    Uychi tuman elektr tarmoqlari korxonasi. Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Uychi tumani hokimligi.

    Uychi tumani hokimligi.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Qiziq tomoni, yaqinda Energetika vaziri etib tayinlangan Jo‘rabek Mirzamahmudovning o‘zi ham Namangan viloyatining Uychi tumanidan. Vazirga tuman aholisi nomidan murojaat ham yo‘llangan. Unda shunday deyiladi:

    “Vazir etib tayinlanganingizda tuman ahli xursand bo‘lib, o‘z tabriklarini bildirishgan edi. Sizga tuman ahli nomidan energetika tizimidagi mavjud muammolarni tezroq bartaraf etishingizni so‘rab qolamiz. Tumanda gaz yo‘q, elektr energiyasida juda ko‘plab muammolar mavjud. Tuman aholisi qish fasli kelmasidan avval aziyat chekmoqda. Aholi tizimdagi kamchiliklarni tezroq bartaraf etishda amaliy yordam so‘raydi. Murojaatni befarq qoldirmaysiz degan umiddamiz”.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Shukurjonning bildirishicha, bu murojaatga Energetika vazirligi tomonidan darrov munosabat bildirilgan. Hozirda tumanda vazirlikning ishchi guruhi o‘rganish olib bormoqda.

    “Masalaning yana bir tomoni bor. Aholi va ijtimoiy muhim obyektlarga tabiiy gaz yetkazib beramiz degan bahona bilan Namangandagi barcha metan gaz zapravkalar 12 soatlik cheklovga o‘tkazildi. Lekin baribir ahvol o‘zgarmadi, aksincha battar bo‘ldi: aholida baribir gaz yo‘q, elektr energiyasida doimiy uzilishlar, ustiga-ustak avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlar”, — deydi Shukurjon To‘xtasinov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Chindan ham Namanganda elektr energiyasidagi muttasil uzilishlardan jabr ko‘rayotgan toifalar qatoriga qariyalar va bolalar qatori haydovchilarni ham qo‘shsa bo‘ladi: metan gaz zapravkalarida endi navbatlari yetganida ba’zan ‘svet’ o‘chib qoladi, u yerdan eson-omon qutulib chiqqanlarida esa chorrahalarda svetoforlar ishlamayotganligi sababli hosil bo‘lgan uzundan-uzoq tiqinlarga duch kelishadi...

    14.11.2022, 12:45   Izoh (0)   24975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Afrosiyob” poyezdi Samarqandda 18 bosh qo‘yni urib yubordi

    14.11.2022, 12:35

    Farg‘onadan Istanbul va Toshkentga aviareyslar kechiktirildi

    14.11.2022, 12:21

    Xorazmda firibgarlikda ayblangan imom-xatibga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.11.2022, 12:08

    Andijonda Umraga bormoqchi bo‘lganlarning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.11.2022, 11:39

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15-noyabr kuni kuchli shamol bo‘lishi mumkin

    14.11.2022, 11:35

    O‘zbekistonda magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi

    14.11.2022, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.