Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketganmi?” nomli xabar e’lon qilingan edi. Transport prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Aniqlanishicha, 11-noyabr kuni soat 05:31 da Buxoro—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdi Zirabuloq—Kattaqo‘rg‘on temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 3816-kilometri 3-piketida temiryo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.
Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)