Farg‘ona xalqaro aeroportida 14-noyabr kuni kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator reyslar majburiy kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways AJ axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent—Farg‘ona qatnovi soat 06:55 o‘rniga soat 09:44 da jo‘nab ketdi. Shuningdek, Farg‘ona—Istanbul va Istanbul—Farg‘ona hamda Farg‘ona—Toshkent qatnovlari ham kechikishi ma’lum qilindi.
Uzbekistan Airways AJ axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)