Samarqandda Turkiy davlatlar yetakchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.
Muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi. Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy an’ana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)