• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zarbdan boshi yorilgan”. Qashqadaryoda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchisini nasos bilan kaltakladi

    Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida maktab o‘quvchisi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Mazkur murojaaat yuzasidan “Daryo” muxbiri surishtiruv olib bordi.

    Bunyod Qurbonov.

    Bunyod Qurbonov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi o‘quvchini nasos bilan kaltaklagan.

    Bunyod Qurbonov.

    Bunyod Qurbonov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    2022-yilning 21—22-oktabr kunlari tobim yo‘qligi sabab maktabga borolmadim. Sog‘ayganimdan so‘ng, 24-oktabr, dushanba kuni maktabga bordim. O‘sha kuni ikkinchi soatda jismoniy tarbiya darsi edi. Sport formada zalga kirdik va bolalar bilan voleybol o‘ynadik. Tanaffusga 10 daqiqalar qolganda kiyim almashtirish uchun xonamizga ketdik. Qaytib kelganimizda esa jismoniy tarbiya o‘qituvchimiz Mirjahon Eshmurodov nega tanaffus bo‘lmasdan ketib qoldilaring deya shkaf tagidagi nasosni olib, hammamizni kaltaklay boshladi, — deydi o‘qituvchisidan shikoyat qilgan o‘quvchi Bunyod Qurbonov.
    O‘quvchining aytishicha, o‘qituvchi nasos bilan uning boshiga urgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Mendan avval bir kishini kaltakladi. So‘ng mening boshimga urgani uchun boshim yorildi va qon kela boshladi. Maktab hamshirasi boshimdan oqayotgan qonni to‘xtatish maqsadida spirt surtdi. Ammo qon to‘xtamadi. Shunday bo‘lsa-da, uyga qaytdim, — deydi u.
    Jabrlanuvchining akasi Ilyos Qurbonov ukasining ahvolidan xabar topgach, uni tibbiy ekspertizadan o‘tkazganini aytmoqda.

    Ilyos Qurbonov.

    Ilyos Qurbonov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov
    Koson tumanidagi ekspertizaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdim. Boshini rentgen qildik. Keyin shifokorlarga ko‘rindik. Ular tomografiya qildirishimiz kerakligini aytdi. Shundan so‘ng shifokorlar dori yozib berdi. Xulosani esa IIB xodimlariga aytganmiz deyishdi, — deydi jarblanuvchining akasi Ilyos Qurbonov.
    Ma’lum qilinishicha, voqea “Daryo”ga murojaat qilinganidan so‘ng surishtirila boshlangan.
    Biz ukamni shifokorlarga ko‘rsatib kelganimizdan so‘ng IIB xodimlari o‘rganadi, tegishli chora ko‘radi deb o‘tirgandik. Ammo o‘rtadan shuncha kun o‘tsa ham hech kim so‘rab kelmadi. Shundan so‘ng “Daryo” tahririyatiga murojaat qildik. Shu murojaatimizdan so‘ng voqea haqida surishtira boshlashdi, — deydi Bunyodning akasi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Murojaatchilarning qo‘shimcha qilishicha, maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarini muntazam ravishda kaltaklab keladi.

    “Daryo” muxbiri murojaatchilarning mazkur e’tirozidan so‘ng Koson tumanidagi 17-maktab direktori Aziza Ashirovadan o‘qituvchining harakatlariga izoh so‘ragan. Biroq direktor jurnalist bilan suhbatlashishdan bosh tortib, izoh bermagan. Qolaversa, maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Mirjahon Eshmurodov ham harakatini izohlamagan. O‘qituvchining otasi va opasi Mirjahon Eshmurodov jurnalistlar bilan suhbatlashishga majbur emasligini bildirgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Aniqlanishicha, holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, Mirjahon Eshmurodovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Koson tuman sudiga yuborilgan. Mirjahon Eshmurodovning qilmishini ko‘rib chiqqan sud unga eng kam ish haqqining uch baravari (900 ming so‘m)miqdorida jarima belgilagan.

    Mirjahon Eshmurodov.

    Mirjahon Eshmurodov.
    Foto: Telegram

    Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi axborotiga ko‘ra, Mirjahon Eshmurodovga ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi, mansab yo‘riqnomasida belgilangan xizmat vazifalarini bajarishga mas’uliyatsizlik bilan qarab, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘iga ko‘ra hayfsan intizomiy jazo chorasi berilgan. Maktab ma’muriyati tomonidan Mirjahon Eshmurodovga, uning faoliyati qayta o‘rganib chiqilishi, agarda ish faoliyatida ushbu holatlar takrorlanganda navbatdagi intizomiy chora ko‘rilishini va mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan qat’iy ogohlantirish berilgan.

    09.11.2022, 19:01   Izoh (0)   27292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    330 nafar mahalliy, 241 nafar xorijiy jurnalist. Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammitini yoritish uchun mo‘ljallangan matbuot markazi o‘z ishini boshladi (...

    09.11.2022, 18:36

    Namanganda mast erkak tanishini pichoqlab qo‘ydi

    09.11.2022, 18:32

    Toshkentda 46 yoshli fuqaro “Yandex Go” operatoriga hujum qilib, pullarini olib qochib ketdi

    09.11.2022, 18:21

    O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlarning 30 foizi Qozog‘istondan keladi

    09.11.2022, 18:10

    Toshkentga nobud bo‘lgan qoramol go‘shtlari olib ketayotgan Epica to‘xtatib qolindi

    09.11.2022, 18:09

    Jizzaxda Pedagogika universiteti oldidagi daraxtlarning tagi betonlab ketilgani aniqlandi

    09.11.2022, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.