Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oddiy bezaklari va yozuvlari bo‘lgan bu ajoyib tortlar butun dunyoda ommalashdi. Kichkina shirinlikni ko‘tarish ham qiyin emas. Mini-tortni o‘zingiz bilan olib ketish, sovg‘a sifatida yuborish yoki o‘zingizni xursand qilishni istasangiz, yolg‘iz iste’mol qilishingiz mumkin. Ushbu retsept asosida bir vaqtning o‘zida ikkita tortni tayyorlasa bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Xamir uchun kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 2 dona
  • shakar — 60 g
  • tuz — bir chimdim
  • vanilin — yarim qoshiq
  • un — 60 g
Nachinkasi uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar
  • sariyog‘ — 100 g
  • shakar kukuni — 70 g
  • qaymoqli pishloq — 300 g 
  • vanilin — yarim qoshiq
  • oziq-ovqat bo‘yoqlari — 1-2 tomchi
  • sut — 50 ml
  • shakar — 1 qoshiq
  • konfityur — 100 g
Tayyorlanishi:
  1. Pechni 170 daraja haroratda oldindan qizdiring. Ikkita diametri 12-15 sm bo‘lgan dumaloq qolipni pergament qog‘oz bilan qoplang.
  2. Tuxumga shakar va tuz qo‘shing. Mahsulotlarni mikser bilan yumshoq massa holatiga kelgunga qadar aralashtiring. Unga vanilin qo‘shib yana aralashtirib oling.
  3. Unni elakdan o‘tkazing va asta-sekin tuxumga qo‘shing, silliq bo‘lguncha hamma narsani spatula bilan aralashtiring. Xamirni qoliplarga quying.
  4. Biskvitni tayyor bo‘lgunga qadar 15-20 daqiqa davomida pishiring. Pishirilgan xamirni qolipdan olib tashlang va to‘liq sovitib oling. Har birini uzunligi bo‘ylab ikki qismga bo‘ling.
  5. Yumshatilgan sariyog‘ni shakar kukuni bilan mikser yordamida yengil massa holatiga kelguncha aralashtiring.
  6. Kremning bir qismini ajratib oling va uni oziq-ovqat bo‘yoqlari bilan aralashtiring. Uning qolgan qismini qandolat paketiga soling.
  7. Iliq sutni shakar bilan aralashtiring. Bitta tortni sut bilan namlang va yupqa krem ​​qatlamini surting. Keyin tortning korj chetiga ham bir oz krem ​​surtib tekislang.
  8. Issiq sutni shakar bilan aralashtiring. Bitta tort korjini sut bilan namlang va yupqa krem ​​qatlamini surting. Keyin tortning korj chetiga bir oz krem ​​siqib, kichik chuqurcha hosil qiling.
  9. Olingan chuqurchaga konfityurni soling, uni oz miqdorda krem ​​bilan yoping. Ikkinchi biskvit bo‘lagini ustiga qo‘ying, uni ham sut bilan namlang.
  10. Biskvitning yuqori va yon tomonlariga krem ​​surting, uning yuzasini tekislang. Xuddi shu tarzda ikkinchi tortni tayyorlang.
  11. Bento tortlarni muzlatkichga 1-2 soatga qo‘ying. Keyin ularni rangli krem ​​va qandolat mahsulotlari bilan bezating.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi