Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Insonning kelajakdagi  faoliyatini diplom yoki bolalikdagi qiziqishi hal etmaydi. Quyidagi mashhurlar professional raqqosa bo‘lish uchun bir necha yil tahsil olgan. Ammo ular bugun san’atning butunlay boshqa turlarida faoliyat yuritadi.

“Onam sovchilar aynib ketishidan qo‘rqqan”

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Aktrisa Rayhon Ulasenova juda chiroyli raqsga tushadi va bu borada kattagina tajribasi ham bor.“Aslida raqqosa bo‘lishni istaganman. Ammo onamni menga kelgan sovchilarning aynib ketishi qo‘rqitgan”, — deydi Rayhon Ulasenova.

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

“Men dunyoga kelmasimdan avval otamni Namanganga yo‘llanma asosida ishga jo‘natishgan ekan. Ukam ikkimiz Namanganda tug‘ildik, bolaligimizning eng shirin damlari o‘sha yerda o‘tdi. Otam yaxshi lavozimda ishlashiga qaramay, bizni san’atga yo‘naltirish uchun besh yildan so‘ng Toshkentga qaytib keldi. Jahongir ikkimiz ‘Bulbulcha’ bolalar musiqa va raqs dastasiga qatnay boshladik.Ilk gastrol safarim 6 yoshimda Omsk shahriga bo‘lgan. Men bir qancha bolalar bilan xalqaro tanlovda ishtirok etganman.

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Besh yoshimdan to maktabni tamomlagunga qadar raqs bilan jiddiy shug‘ullanganman. Maktabni bitirgach, Xoreografiya oliygohida o‘qish niyatim bor edi. 11-sinfni bitirishim arafasida uyimizga sovchilar kela boshladi. Qo‘shnilardan biri meni raqqosa deb ta’riflagan ekan, ular aynib ketishibdi. Ana shu voqeadan keyin onam bu sohani egallashimga qarshi bo‘ldi. Xoreografiyadan tashqari, istalgan institutga kirishing mumkin, deyishganidan so‘ng raqs maktabidan uncha uzoq bo‘lmagan Mannon Uyg‘ur nomidagi san’at oliygohiga (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga) hujjat topshirganman. Raqsga bo‘lgan mehrimni aktrisalik egalladi.”

Hulkar Abdullayeva ansamblda raqqosa bo‘lgan

Foto: Instagram / @hulkarsinger

Foto: Instagram / @hulkarsinger

Xonanda Hulkar Abdullayeva O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning shogirdi hisoblandi, uning bolaligi raqs ansamblining mashg‘ulotlarida o‘tgan, desak xato bo‘lmaydi.

Foto: Instagram / @hulkarsinger

Foto: Instagram / @hulkarsinger

Hulkar Abdullayevaning onasi qizi mashhur raqqosa bo‘lishini istab, uni 10 yoshida “Meros” ansambli rahbari Gavhar Matyoqubovaning oldiga olib boradi. Jussasi kichik, harakatlari chaqqon qiz baletmeysterda yaxshi taassurot qoldirib, unga mashg‘ulot o‘tishga rozi bo‘ladi. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etadi.U 1998-yili maktabni tamomlab, bank kollejiga o‘qishga kiradi. Ammo ansambldagi mashg‘ulotlarini ham to‘xtatmaydi. 2000-yili kollej o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda raqs yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, laureat bo‘ladi. Ammo u faoliyatini raqs bilan bog‘lashni istamay, 2006-yili O‘zbekiston davlat Konservatoriyasiga o‘qishga kiradi.

Zarina Nizomiddinova — professional raqqosa 

Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

Zarina san’atkorlar oilasida tug‘ilganligi uchun bolaligidan san’at to‘garaklariga qatnagan. U 5 yoshidan xor mashg‘ulotlariga qatnab, sakkiz yoshida esa Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining fortepiano bo‘limiga qabul qilinadi. Yaqinlari uning musiqiy uquvidan qoniqmay, raqs bilan shug‘ullanishini istaydi. Zarina Nizomiddinova 7-sinfdan o‘qishni Xoreografiya oliy maktabining milliy raqs bo‘limida davom ettiradi.

Odatda kinorejissorlar rollarga chiroyli qizlarni xoreografiya raqs maktabidan izlaydi. Zarinaning kino olamiga kirib kelishiga ham shunday tashriflar sabab bo‘lgan. U ilk rolini Tamara Kamalovaning “Yo‘l bo‘lsin” filmida ijro etadi. 2006-yili esa Bahrom Yoqubovning “Romeo va Julyetta” filmida suratga tushadi. Mana shu film Zarinani aktrisa sifatida elga tanitgan.

Iroda Iraliyeva raqsdan qo‘shiqchilikni afzal ko‘rgandi

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Hozir Iroda Iraliyeva san’atni butunlay tark etgan. Ammo u ham xonanda bo‘lishdan avval raqs bilan shug‘ullangandi. Iroda 7-sinfdan boshlab Xoreografiya oliy maktabining milliy raqs bo‘limida tahsil olishni boshlaydi. U ko‘plab davlat tadbirlarida raqqosa sifatida ishtirok etadi. Ammo u ham raqqosa bo‘lishni istamaydi. U xonanda bo‘lish niyatida O‘zbekiston davlat Konservatoriyasiga hujjat topshiradi. Ammo Irodaga omad kulib boqmaydi. 2008-yili xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev bilan “Mini yubka” duetini ijro etdi va kutilmagan natijani qo‘lga kiritadi.Xonanda 2018-yildan buyon ijod qilmaydi. U endilikda ijodga qaytish niyati yo‘qligini ham ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj