Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro M.F.ning arizasi yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Dehqonobod tumanidagi 7-sonli MTT rahbari N.O. ishga qabul qilish evaziga 300 dollarni M.Fdan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)