• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 7-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 7-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Makron Putinning Xirosimaga tashlangan bomba haqidagi so‘zlaridan xavotirga tushdi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan suhbatda Ikkinchi jahon urushi oxirida Xirosima va Nagasakiga atom bombalari tashlanganini eslatib o‘tgan, bu esa Makronni jiddiy tashvishga solgan, deb yozmoqda  Daily Mail diplomatik manbalarga tayanib.

    Manbalarning aytishicha, Putin suhbatda Yaponiyaning ushbu shaharlarida yadro qurolidan foydalanish Yaponiyaning taslim bo‘lishiga va Ikkinchi jahon urushi tugashiga olib kelgani haqida fikr bildirgan.

    “G‘alaba qozonish uchun yirik shaharlarga hujum qilish shart emas”, — degan u.

    “Makron qattiq xavotirga tushdi. Bu Putin Kiyevga tegmasdan Ukraina sharqida taktik yadro qurolini qo‘llashi mumkinligiga juda jiddiy ishora bo‘lib tuyuldi”, — dedi manbalardan biri.

    Kreml xabarlariga ko‘ra, Putin va Makron oxirgi marta 11-sentabr kuni telefon orqali gaplashgan. O‘shanda Rossiya prezidenti, xususan, “Ukrainaning Zaporojye atom elektr stansiyasi obyektlariga, jumladan, halokatli oqibatlarga olib keluvchi radioaktiv chiqindilarni saqlash omboriga muntazam hujumlari”ga e’tibor qaratgan.

    G‘arb mamlakatlari Moskva va Kiyev o‘rtasida yarashuvga erishish yo‘llarini o‘zaro muhokama qilmoqda 

    G‘arb mamlakatlari vakillari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yarashuvning ehtimoliy shartlari haqida o‘zaro fikr almashmoqda, deb yozadi The Wall Street o‘z manbalariga tayanib. Ayni paytda ushbu davlatlar rasmiy yetakchilari va mansabdorlari “Ukrainani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin bo‘lgan” bayonotlardan qochishga harakat qilmoqda.

    Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa kengashi Varshava idorasi rahbari Petr Burasning so‘zlariga ko‘ra, hozir G‘arbda “yakuniy sulh qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida aniq tasavvur yo‘q”. “Berlin, Parij yoki Vashington Kiyevni Zelenskiy Ukraina manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydigan biror narsaga undaydi, deb o‘ylamayman”, — dedi tahlilchi.

    WSJ yozishicha, G‘arb mansabdorlari mamlakatlar o‘rtasida tinch yo‘l bilan tartibga solish masalasida kelishmovchiliklar chiqishi mumkin, ayniqsa, Ukraina Rossiyaga qarshi chiqishda davom etib, Qrimni qaytarib olishga urinadigan bo‘lsa.

    Hozir, deb yozadi nashr diplomatlarga tayanib, Vashington va uning ittifoqdoshlari Ukrainada muzokaralar yo‘li bilan jangovar harakatlarni to‘xtatish istiqbollarini ko‘rmayapti. AQSH va Yevropa mamlakatlari hukumatlari fikricha, Rossiyaning xatti-harakatlari bunga imkoniyat yaratmaydi, balki vaziyat keskinlashuviga olib boradi, deb yozadi gazeta.

    Baydenning maslahatchisi Putinga yaqin odamlar bilan Ukraina va yadroviy qurollar haqida yashirin muzokaralar olib borgan — WSJ

    So‘nggi oylarda AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan bir necha marta maxfiy muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri AQSH rasmiylari va ularning ittifoqchilari orasidagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

    Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, bu muloqotlardan maqsad Ukrainadagi urushni bartaraf etish emas, balki keskinlashuvning oldini olish va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqa kanallarini qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan.

    Bundan tashqari, nashrning yozishicha, Sallivan Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini oshkora e’lon qilishga chaqirgan. Avvalroq The Washington Post gazetasi ham AQSH prezidentining ma’muriyati Kiyevga shunday so‘rov yuborgani haqida xabar bergandi. Sallivanning matbuot kotibi jurnal ma’lumotlariga izoh bermadi.

    Oq uyning oxirgi paytlardagi bayonotlarida AQSH prezidenti maslahatchisi Rossiya rasmiylari bilan muzokaralar olib borgani haqida gap yo‘q. Ayni vaziyatda Kreml ham so‘rovga javob bermagan.

    AQSHning bir qator rasmiylari Sallivan AQSH ma’muriyati a’zolari ichida Rossiya bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tanilganini aytsa, boshqa yuqori martabali siyosatchilar Moskva bilan hozirgi diplomatik va harbiy sharoitlarda muzokaralar samarali bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.

    “Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzo uchun kiritilmoqda”— Sherzod Asadov

    “11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi (ushbu oliy darajadagi tadbir 2021-yil Istanbul uchrashuvida Tashkilot nomi o‘zgargandan keyingi Birinchi sammit hisoblanadi).Tadbirda 5 ta a’zo mamlakat — O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda 2 ta kuzatuvchi - Turkmaniston va Vengriya mamlakatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, Tashkilot doirasida siyosiy-iqtisodiy, transport, madaniyat va turizm kabi sohalarda hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

    Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzo uchun kiritilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirning asosiy hujjati bu — a’zo mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha mujassamlashgan pozitsiyalari o‘z ifodasini topgan Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasidir. Unda mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar belgilab berilgan.

    07.11.2022, 22:34   Izoh (0)   24263
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy ta’lim vazirligi Samarqandda sammit sabab talabalarga ta’til berilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    07.11.2022, 21:54

    “Hisobotlarning hammasi go‘zal. Lekin har yili muammo yuz bersa, avariya holati bo‘lganday yugurib yurishadi”. Bobur Rasulyev gaz, elektr va yo‘l muammolari haqida...

    07.11.2022, 21:46

    “Biz javobgar emasmiz, boshqa joyga murojaat qiling, deyishadi” — Bobur Rasulyev muammolar tashkilotlar orasida sansalor bo‘lishi haqida

    07.11.2022, 21:11

    Toshkent metropolitenida nosozlik: “Olmazor”—Sergeli yo‘li oralig‘ida harakat bir tomonlama cheklandi (video)

    07.11.2022, 21:09

    O‘zbekistonda ko‘ngilochar maskanlarda attraksionlardan foydalanish uchun mavsum oldidan ruxsatnoma olish belgilandi

    07.11.2022, 20:42

    Farg‘onadagi 15 yoshli o‘smir o‘limida 8 nafar voyaga yetmagan bolalar gumonlanayotgani ma’lum bo‘ldi

    07.11.2022, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.