Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, turistik agentliklar xizmatlarining asosiy ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
2022-yilning yanvar–sentabr oylari yakuniga ko‘ra, turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrining Mirobod (72 126,0 million so‘m), Yakkasaroy (50 931,9 million so‘m), Shayxontohur (32 779,1 million so‘m), Mirzo Ulug‘bek (21 468,0 million so‘m) va Yunusobod (20 870,4 million so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning eng yuqori hajmi kuzatilgan shahar va tumanlar oְ‘ntaligi:
- Mirobod tumani – 72 126,0 million so‘m;
- Yakkasaroy tumani – 50 931,9 million so‘m;
- Shayxontohur tumani – 32 779,1 million so‘m;
- Mirzo Ulug‘bek tumani – 21 468,0 million so‘m;
- Yunusobod tumani – 20 870,4 million so‘m;
- Samarqand shahri – 19 733,9 mln. so‘m;
- Chilonzor tumani – 18 073,2 million so‘m;
- Urganch shahri – 15 357,0 million so‘m;
- Buxoro shahri – 8 631,6 million so‘m;
- Xiva shahri – 7 494,7 million so‘m.
Izoh (0)