O‘zbekiston delegatsiyasining Parijga amaliy tashrifi doirasida Fransiya davlat xizmati milliy institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Tadbirda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Fransiya tajribasi o‘rganildi, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar istiqbollari muhokama qilindi.
“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan sermahsul suhbat o‘tkazganimimizdan mamnunmiz. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardormiz. Biz O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdik.
Kelajakda Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlari yetakchi mutaxassislari va ekspertlarini agentlikka yuborish, shuningdek, O‘zbekiston davlat xizmatchilarining institutimizda malaka oshirish jarayonini tashkil qilishga kelishib oldik”, — dedi institut xalqaro aloqalar bo‘yicha masul xodimi Aleksandr Tran-Chuong.
Izoh (0)