Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonning beshta viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.
Qaror bilan:
- Sohibjon Jumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Mahmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Rahmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Izoh (0)