Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlikni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan edi.

“Yuksalish” umummilliy harakati 31-oktabr kuni joriy o‘quv yilidan boshlab Xorazm viloyatida keytering usulida bepul ovqat berish 94 foiz maktablarda yo‘lga qo‘yilgani, Qoraqalpog‘istonda esa tender tanlovlarini o‘tkazish davom etayotganligi bois ushbu amaliyot hali boshlanmagani haqida xabar bergan edi.

Ta’kidlanishicha, bepul ovqat bilan ta’minlashning o‘z vaqtida tashkil etilmaganligining asosiy sabablari sifatida hukumat qarorining kech qabul qilinganligi va tasdiqlangan taomnomaga muvofiq har bir o‘quvchiga ajratilgan mablag‘ miqdori tadbirkorlarda kam qiziqish uyg‘otganligini keltirish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev topshrig‘i bilan kecha, 1-noyabr kuni Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida o‘tkazilgan xalq ta’lim tizimi bo‘yicha yig‘ilishda ushbu masala yuzasidan ham so‘z bordi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jumladan, Sardor Umrzoqov mazkur masala yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga murojaat qildi. Jo‘qorg‘i Kenges raisining ma’lum qilishicha, 19-sentabrdan boshlab ayrim maktablarda bepul tushlik berish boshlangan. Shuningdek, oktyabr oyida ham tender tanlovlari o‘tkazilgach yana boshqa maktablarda ham ishlar boshlangan.

Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga bepul tushlik tarqatilayotgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish yuzasidan Xalq ta’lim vazirligi hamda Bosh prokuraturaga tegishli topshiriq berdi.

Izoh

*****

03.11.2022, 02:18

Хар куни кизимга 1булочка 3печение бир олма беришади. шу махсулотлар бола учун тушликми

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?