Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

1-noyabr kuni soat 17:15 larda tumanning Bunyodkor shohko‘chasida 1975-yilda tug‘ilgan B.K. Lacetti’ni boshqarib ketayotib yo‘l chetida to‘xtab turgan Spark avtomashinasiga borib urilgan.  Natijada Spark o‘zidan oldinda to‘xtab turgan Cobalt’ni, Cobalt esa zarb natijasida o‘zidan oldinda turgan Lacetti’ni urib yuborgan.

Oqibatda birinchi Lacetti haydovchisi B.K. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?