• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 2-noyabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 2-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Britaniyada “Vagner” guruhi Ukrainadagi xatti-harakatlari tufayli sudga berildi.

    Britaniyaning McCue Jury & Partners yuridik firmasi ukrainaliklar nomidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi va uning asoschisi Yevgeniy Prigojinga qarshi London oliy sudiga da’vo kiritayotganini ma’lum qildi.Bu guruhning Ukrainadagi xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Firma saytida aytilishicha, u Ukrainadagi nizo bilan bog‘liq bir nechta ishlarda qatnashmoqda.

    Inews nashrining yozishicha, jarayonni ukrainalik mansabdorlar va Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson qo‘llab-quvvatlayapti. Shuningdek, firma xuddi shunday sud ishini AQSHda ham boshlashni rejalashtirmoqda.

    Konkord kompaniyasi egasi bo‘lgan Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

    U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan. Ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

    Oq uy: AQSH Rossiya bilan ziddiyatga borishni xohlamaydi.

    AQSH Ukrainadagi nizo muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishiga erishmoqchi, deya ma’lum qildi mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.

    Prezident (Jo Bayden)ning maqsadlari boshidanoq yaqqol edi… Biz Rossiya bilan ziddiyatga borishni xohlamaymiz. Bu birinchi o‘rinda, — dedi u.
    Shuningdek, Kirbi AQSH Rossiyada hokimiyatni almashtirishga intilmayotganini yana bir marta ma’lum qildi.

    Vashington bu haqda avval ham gapirgan, uning siyosati Rossiyaga, “shafqatsiz sanksiyalar yordamida” o‘z harbiy operatsiya haqidagi qarori oqibatlarini his qildirishga hamda Ukrainaga gumanitar yordam berishga qaratilganini ta’kidlagan edi.

    Boshqa vazifalar qatorida Kirbi NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash va Ukrainaga yordam ko‘rsatib, prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan “muzokaralar stolida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘mak va vositalar”ga ega bo‘lishini ta’minlashni aytib o‘tdi.

    AQSH Ukraina jang maydonida muvaffaqiyat qozonishi uchun uning o‘zini himoya qilish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb va’da berdi Oq uy vakili.

    Eron Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin — WSJ.

    Eron yaqin soatlarda Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berdi.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni AQSH bilan razvedka ma’lumotlarini o‘rtoqlashgan. Unda Eronning qirollikdagi nishonlarga yaqinda hujum qilishi haqida ogohlantirilgan. Bu AQSH va boshqa harbiy kuchlarning Yaqin Sharqdagi jangovar tayyorgarligini oshirishiga olib keladi.

    O‘z navbatida, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi Saudiya Arabistonining ogohlantirishlaridan xavotirda ekanini va kerak bo‘lsa Eronga javob berishga tayyorligini bildirgan.

    Gazetaning yozishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari Eron go‘yoki qirollikning o‘ziga ham, Erbilga ham hujumlar uyushtirmoqchi ekanini aytgan.

    Maqolada aytilishicha, Tehron buni “e’tiborni ichki noroziliklardan chalg‘itish uchun” qilmoqda. Ushbu xabardan biroz vaqt o‘tib Eronning Qum shahridagi “Jamkaron” masjidi gumbazi ustida qizil qasos bayrog‘i ko‘tarildi.

    Ayni paytda bayroqning ko‘tarilishi sabablari ma’lum qilinmayapti.

    KXDR 10 ta ballistik raketa uchirdi, ulardan biri Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi.

    Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata kamida 10 ta har xil turdagi raketalarni uchirdi. Bu haqda janubiy koreyalik harbiylarga tayanib, Yonhap xabar berdi.

    Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, parvozlar Shimoliy Koreyaning Vonsan shahridan amalga oshirilgan.

    Raketalardan biri Janubiy Koreya bilan dengiz chegarasini kesib o‘tgan, bunday holat 1950—53-yillardagi Koreya urushidan buyon birinchi marta kuzatildi, deya qayd etdi Janubiy Koreya harbiylari.

    Snaryad ochiq dengizga, Shimoliy chegara chizig‘idan 26 km janubga kelib tushgan va ushbu orolda havo trevogasi e’lon qilingan. Snaryad Toshkent vaqti bilan 04:51 da aniqlangan.

    Pxenyan, shuningdek, har xil turdagi yana bir nechta raketalarni g‘arb va sharqqa uchirgan.Yaponiya Mudofaa vazirligi raketalar tufayli KXDRga norozilik bildirdi. Idora rahbari Yasukadzu Xamada kamida ikkita raketa uchirilgani haqida aytgan.

    KXDR ballistik raketalariga javoban, Janubiy Koreya qiruvchilari Shimoliy chegara chizig‘idan shimolda, ochiq dengizga qarata uchta “havo-yer” sinfidagi raketalarni uchirdi.

    Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDR raketa parvozlarini qoralab, davlat chegarasi buzilganini qayd etdi va “Shimolni provokatsiya badalini to‘lashga majburlash uchun shoshilinch choralar ko‘rishni buyurdi. Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik kengashi favqulodda majlisida u harbiylarni Shimoliy Koreya tomonidan yuqori darajali qo‘shimcha provokatsiyalarga tayyor turishga chaqirgan.

    Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.

    Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat bilan murojaat qildi. U mamlakatlar o‘rtasidagi bitimga aloqador, deb xabar bermoqda “Kaktus.media”.

    Murojaatchilar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovni Kampirobod/Andijon suv omborini birgalikda boshqarish masalasi va uning oqibatlarini hal qilishga diqqatliroq yondashishga chaqirdi, toki u o‘zaro yaqin ikki xalq o‘rtasidagi bahslar emas, balki rohat-farog‘at manbayiga aylansin, deyiladi murojaatda.

    Ularning eslatishicha, Kampirobod/Andijon suv ombori bo‘yicha muhokama o‘tkazish va qaror qabul qilish uchun bor-yo‘g‘i ikkita majlis tashkil qilingan. Muhokama esa jamoatchilik uchun yopiq rejimda o‘tkazilgan, deputatlarga hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq berilmagan.

    “Fuqarolar, o‘z yerining egalari sifatida, ikki prezident tomonidan imzolanayotgan hujjatlar e’lon qilinishini talab qilishga to‘la haqli, chunki gap ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlari haqida bormoqda”, — deyiladi murojaatda.

    02.11.2022, 22:53   Izoh (0)   8741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Issiqxonalar faoliyati bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu hujjat mavjud muammolarni bartaraf eta oladimi?

    02.11.2022, 22:37

    Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi

    02.11.2022, 22:10

    O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi “Jartepa” posti yopiladi

    02.11.2022, 21:22

    O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga moliyaviy yengilliklar beriladi

    02.11.2022, 21:21

    Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham moslashtirilgan bepul professional vorkout-hudud tashkil etildi

    02.11.2022, 21:06

    “Xavotirga o‘rin yo‘q”. AKT vazirligi Telegram bloklanmaganini ma’lum qildi

    02.11.2022, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.