• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi

    Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat bilan murojaat qildi. U mamlakatlar o‘rtasidagi bitimga aloqador, deb xabar bermoqda Kaktus.media.

    Kampirobod suv ombori

    Kampirobod suv ombori
    Foto: “Turmush.kg”

    “Biz, Kampirobod/Andijon suv ombori yaqinidagi qishloqlar fuqarolari va fuqarolik jamiyati manfaatlariga vakillik qiluvchi, Qirg‘izistonning taniqli va tan olingan jamoatchilik-siyosiy arboblari guruhi, Sizga prezident Sadir Japarov bilan bitimni imzolashni xalqlarimiz uchun strategik, hayoti muhim bo‘lgan ushbu suv manbai atrofidagi muammoli va bahsli masalalarga oydinlik kiritilmaguniga qadar kechiktirib turishni so‘rab murojaat qilyapmiz”, — deb yozadi qo‘mita a’zolari.

    “Ikki davlat o‘rtasida chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bahsli jihatlar borligini biz tushunamiz… ammo shuni ham sizga birldirmoqchimizki, davlatlarimiz o‘rtasida rasmiylashtirilayotgan bitimning bir qismi bo‘lgan ba’zi hujjatlar Qirg‘iziston konstitutsiyaviy me’yorlari, belgilangan qonunlari, siyosiy asoslari va demokratik yutuqlariga zid kelmoqda”, — deya ogohlantiradi qo‘mita a’zolari.

    Ularning eslatishicha, Kampirobod/Andijon suv ombori bo‘yicha muhokama o‘tkazish va qaror qabul qilish uchun bor-yo‘g‘i ikkita majlis tashkil qilingan. Muhokama esa jamoatchilik uchun yopiq rejimda o‘tkazilgan, deputatlarga hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq berilmagan.

    “Fuqarolar, o‘z yerining egalari sifatida, ikki prezident tomonidan imzolanayotgan hujjatlar e’lon qilinishini talab qilishga to‘la haqli, chunki gap ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlari haqida bormoqda”, — deyiladi murojaatda.

    Qo‘mita a’zolari yaqinda shu masala yuzasidan Qirg‘izistonda namoyishlar bo‘lib o‘tgani va fuqarolik jamiyati vakillari, siyosatchilar, faollar, huquq himoyachilari orasida ommaviy hibsga olishlar yuz berganini eslatdi. Ular hukumatning repressiv xatti-harakatlariga norozilik bildiradi va chegaralar masalasi kelajakda yangi ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoatchilik bilan muhokama qilinishi va kelishilishi kerak deb hisoblaydi.

    Murojaatchilar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovni Kampirobod/Andijon suv omborini birgalikda boshqarish masalasi va uning oqibatlarini hal qilishga diqqatliroq yondashishga chaqirdi, toki u o‘zaro yaqin ikki xalq o‘rtasidagi bahslar emas, balki rohat-farog‘at manbaiga aylansin, deyiladi murojaatda.

    22-oktabr kuni Kampirobod suv omborini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mita tuzilgandi, unga faollar, siyosatchilar va parlament deputatlari kirgan. O‘sha kuniyoq prezident Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida Kampirobod bo‘yicha mitinglar ortida kimlar turgani haqida hukumat ma’lumotga ega ekanini aytgandi.

    23-oktabr kuni ommaviy hibsga olishlar boshlandi. Ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishda gumonlanib, 20 dan ortiq siyosatchilar, faollar va blogerlar qo‘lga olindi. Ularning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. 24-oktabr kuni Bishkek sudi ularning ko‘pchiligini 2 oyga hibsga oldi.

    25-oktabr kuni Bishkekda Kampirobod suv omborining berib yuborilishiga qarshi tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Marsh ishtirokchilari Ala-Too maydonigacha yurib borib, u yerda suv omborining berilishiga qarshi petitsiyani imzoladi.

    Masala tarixi

    Ikki davlat o‘rtasida 2021-yil mart oyida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bir qator chegaraoldi uchastkalari, xususan, Ungar-Too tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston Kampirobod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 gektarlik maydon ham O‘zbekistonga o‘tgan. Qirg‘iziston buning evaziga O‘zgan tumanining chegaraoldi qismidan 50 gektar yer olgan.

    O‘zbekiston nashrlari bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari va qo‘shni mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga tayanib xabar bergan. O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.

    Qirg‘izistonning Qorasuv tumani Savay qishlog‘i aholisi 2021-yil 14-aprel kuni Kampirobod suv omborining 50 gektari O‘zbekistonga berilishiga qarshi muddatsiz norozilik aksiyasini boshladi. Oqsoqollar hukumatning xatti-harakatlaridan, yer almashish bo‘yicha batafsil axborot yo‘qligidan va bunda mahalliy aholi fikri inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan. Aholining fikricha, bu almashinuv Qirg‘iziston manfaatlariga zarar keltiradigan ko‘rinishda amalga oshirilgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda fermerlar suv tanqisligi tufayli namoyishga chiqdi. Qurg‘oqchilik O‘zbekiston va Qozog‘istonga suv berilayotgani bilan bog‘lanmoqda
    • Sadir Japarov — Kampirobod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida
    • Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan telefon suhbatida mart oyida “Toshkentda qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish

    02.11.2022, 10:49   Izoh (0)   23969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oq uy: AQSH Rossiya bilan ziddiyatga borishni xohlamaydi

    02.11.2022, 10:05

    Eronning Qum shahridagi “Jamkaron” masjidi gumbazi ustida qizil qasos bayrog‘i ko‘tarildi

    02.11.2022, 10:01

    Ukraina don bitimi doirasida kemalar harakatini to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Turkiya kemalari mahsulotlarni tashishda davom etadi

    02.11.2022, 09:41

    Amerikalik yigit tomonidan yaratilgan birinchi internet virusi, “haqiqiy erkaklar o‘yini” — xokkeyda niqob paydo bo‘lishi va Vyetnam birinchi prezidentining o‘ldir...

    02.11.2022, 09:30

    KXDR 10 ta ballistik raketa uchirdi, ulardan biri Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

    02.11.2022, 09:19

    Eron Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin — WSJ

    02.11.2022, 01:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00

    AQSH Ukrainaga va’da qilingan raketa va o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 09:53

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialdagi yovuz qahramonlarni Ilon Mask bilan solishtirdi

    Kino | 2 iyul, 09:42

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya D” chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 2 iyul, 09:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.