O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 million dollarga teng bo‘lgan gilam eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 million dollarga kam.
2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 15,6 million dollar;
- Ozarbayjon – 3,6 million dollar;
- Afg‘oniston – 2,6 million dollar;
- Rossiya – 2,5 million dollar;
- Qozog‘iston – 1,1 million dollar;
- Tojikiston – 401 ming dollar.
Izoh (0)