Toshkent viloyati Chirchiq shahrida noma’lum transport vositasi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini olib bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Toshkent—Chirchiq—Chimyon avtomobil yo‘lining 33-kilometrida sodir bo‘lgan.
Surishtiruvlar va ashyoviy dalillar tahlili natijasida avtohalokatni Chirchiq shahrida yashovchi M.A. (2002-yilda tug‘ilgan) Spark mashinasida sodir etgani aniqlangan. Haydovchi va mashina navbatchilik qismiga olib kelingan.
Aniqlanishicha, M.A.da transport vositasini boshqarish imkonini beruvchi ishonchnoma ham yo‘qligi aniqlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)