• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiyadan mustaqillikka erishgan Jazoir, AQSH prezidentini o‘ldirishga kelgan ikki puertorikolik va Rossiya imperiyasi taxtiga o‘tirgan Nikolay II. Kun xronologiyasida 1-noyabr

    1-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Fransiyadan mustaqillikka erishgan Jazoir, AQSH prezidentini o‘ldirish uchun kelgan ikki puertorikolik va Rossiya imperiyasi taxtiga o‘tirgan Nikolay II oid faktlar o‘rin olgan.

    Sharl de Goll sabab mustaqillikka erishgan Jazoir

    1954-yil 1-noyabr kuni Jazoirning (Fransiyadan) mustaqillikka erishishi yo‘lidagi qurolli urushi boshlangan edi. Milliy ozodlik fronti (MOF) mustamlakachiga qarshi kurash boshlashga chaqirdi. Ushbu tashkilot suverenitetning e’lon qilinishi va hukumatning shakllantirilishini, barcha fuqarolarga asosiy erkinliklar berilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘sha vaqtda qurolli isyonchilar soni 4 ming kishidan oshmagan edi.

    Foto: Revueconflits

    Foto: Revueconflits
    Fransiya hukumati jazoirliklarga qarshi Xorijiy legion va parashyutchilar, tank va aviatsiya qismlarini tashladi. Qaqshatkich janglar boshlandi. MOF jangchilari dastlabki oylarda Ores tog‘li hududida mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlovi ostida muvaffaqiyat qozondi. Jangovar texnikalar borasida ustuvorlikka ega fransuzlar isyonchilarni bostira olmagan. Vaqt o‘tishi bilan isyonchilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olgan. Tarqalib ketgan partizanlar guruhlari yirik bo‘linmalar atrofida birlashgan va hatto Milliy ozodlik armiyasi (MOA) shakllantirilgan.

    Umuman olganda tashkilotlar o‘rtasida ham ma’lum qarama-qarshiliklar bo‘lgan va u ba’zida qurolli to‘qnashuvlar bilan yakunlangan. 1955-yili Jazoir masalasi BMT Bosh assambleyasi sessiyasining kun tartibiga kiritilgan. Biroq Fransiyaning g‘arbdagi ittifoqchilari qo‘llab-quvvatlovi bois masala ko‘rib chiqilmagan. Bir-birining o‘rniga kelgan fransuz bosh vazirlari mustamlaka sharoitini saqlab qolish va urushni davom ettirish siyosatini saqlab qolgan.

    Urushning uchinchi yiliga kelib MOAga arab davlatlari tomonidan yordam ko‘rsatish oshgan. Fransuz qo‘shinlari texnikalardan foydalangan holda hududlarni intensiv tekshirish taktikasidan foydalangan. Jazoirda birinchi marta desantlarni joylashtirishda o‘qotar qurollar o‘rnatilgan vertolyotlar yordamida foydalanilgan. Ayniqsa, kurashlar mustaqillikka erishgan Tunis bilan chegarada kuchli davom etar, isyonchilarga u yerdan muntazam yordam kelib turardi.

    1950-yillar ikkinchi yarmida isyonchilar bo‘linmalarining a’zolari 30 mingga yaqinlashgan. Tunisda ham taxminan shuncha odam bo‘lgan, Marokashda esa 20 ming kishi. Shuningdek, urushning yana 115 ming kishini Jazoir tomonidan ko‘ngilli sifatida qatnashganlar safiga kiritish mumkin bo‘lgan. Fransiya o‘z mustamlakasida 215 ming kishilik kontingentini saqlagan va uni 400 mingga qadar chiqargan.

    Foto: Revueconflits

    Foto: Revueconflits

    MOF va MOA qarshiliklarga turib berish uchun fransuzlar murakkab istehkom chizig‘ini yaratgan, maydonlarni minalashtirgan. Isyonchilar to‘siqlarni bosib o‘ta olmagan. Tunisda tashkil etilgan jangchilarni tayyorlash bazalari deyarli foydasiz bo‘lib qolgan. Aholi chegara zonasidan Jazoir ichiga ko‘chirilgan, fransuzlar mustamlakani dengizdan uzib qo‘ygan.

    Urushning cho‘zilib ketishi, harbiylar orasida qurbonlarning ko‘pligi va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi, Jazoridagi kampaniyada katta mablag‘ sarflanayotgani metropoliyada norozilik keltirib chiqargan. Fransuzlar hech bo‘lmasa mojaroni ijobiy hal eta olmagan o‘z prezidentlari Rene Kotini tanqid qila boshlagan. Inqiroz vaqtida ultrao‘nglar pozitsiyasi kuchaygan. Barcha Ikkinchi jahon urushidan keyin unutilgan qahramon Sharl de Gollni hokimiyatga qaytarish haqida gapira boshlagan. 1958-yili fransuz armiyasi ofitserlari o‘rtasida isyon yuz bergan. Hukumatning harakatlariga norozilik ramzi sifatida brigada generali Jak Massyu Jamoat xavfsizligi qo‘mitasini tuzgan. Fitnachilar Korsikani egallab, agarda o‘z talablari qanoatlantirilmasa, Parijga desantchilarni joylashtirish bilan tahdid qilgan.

    De Gollning avvaliga bosh vazir, bir necha oydan keyin prezident lavozimiga kelishi mamlakatda yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va Beshinchi respublikaning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Biroq millatchilarning natsistlarga qarshi muvaffaqiyat qozongan kurashchining urushni to‘xtatish borasidagi sa’y-harakatlari o‘zini oqlamagan. De Goll mojaroni harbiy yo‘l bilan hal etishga uncha ishonmagan.

    1958-yilda Jazoirdagi urush jahon hamjamiyati tomonidan muhokama qilingan va Fransiyaning xalqaro maydondagi obro‘siga putur yetkaza boshlagan. Fransiya va BMT o‘rtasidagi kelishmovchilik chuqurlashib borgan. O‘sha yili Parij agarda Jazoir masalasi olib tashlanmasa, BMT ishida ishtirok etmasligini bildirgan. Shu yilning o‘zida AQSH Jazoir masalasini hal etishda o‘rtakashlikka rozi bo‘lgan.

    Foto: Revueconflits

    Foto: Revueconflits

    De Goll bunga shunday javob qaytargandi: “Nyu-Yorkdagi barcha maslahatchilar, albatta, pul to‘lamaydi”. Iyun oyida De Goll referendum o‘tkazish taklifini bildiradi. Kelib chiqishi fransiyalik bo‘lgan Jazoir fuqarolari bunga qarshi chiqqan. Ekstremistlar teraktlar tashkillashtirishga kirishgan. De Goll Jazoirga kelib, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining tarqatib yuborilishi va fransuz hukumati nazoratni qayta tiklanishini talab qilgan.

    Sentabr oyida MOF bazasida Jazoir Respublikasi e’lon qilingan va uning muvaqqat hukumati tuzilgan. 1958-yil oktabrda De Goll jazoirliklarga taslim bo‘lish taklifini bildiradi. Dekabrda Jazoirdagi fransuz qo‘shinlarining yangi bosh qo‘mondoni general Moris Shallning barcha operatsiyasi mavaffaqiyatsizlikka uchraydi.

    Shundan keyin Fransiya prezidenti Jazoir borasidagi pozitsiyasini yumshatadi. Unga qarshi bir nechta suiqasdlar uyushtiriladi. Jazoirda 1960-yil boshida ultrao‘nglarning yirik namoyishlari o‘tkazilib, u Shall qo‘shinlari tomonidan bostirilgan.

    1960-yil Afrika yili deb e’lon qilingan. Mustamlakachilikka barham berilishi natijasida 17 ta davlat mustaqillikka erishgan. Ularning katta qismi Fransiyaga qarashli edi. Biroq Jazoir ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Shunga qaramay, Jazoirda jangovar harakatlar davom etgan, tomonlar birinchi marta muzokaralar stoliga o‘tirgan.

    1961-yil boshiga kelib, Jazoirning mustaqilligini 20 ta davlat tan olgan. O‘sha yilning 8-yanvar kuni Jazoirga o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini berish uchun referendum o‘tkazilgan. Ovoz beruvchilarning 75 foizi Fransiya tarafini, 70 foizi Jazoir tarafini olgan (saylovchilar mos ravishda 76 va 59 foizlarni tashkil etgan). MOF vakillari referendumga boykot qo‘ygan.

    Referendum natijalari ultrao‘nglarni 1961-yil fevralda maxfiy qurolli tashkilotni tuzishga undaydi — ularning maqsadi Jazoirni Fransiya tarkibida saqlab qolish bo‘lgan. Ularning shiori: “Jazoir Fransiyaga tegishli, shunday bo‘lib qoladi”.

    1961-yil 21—22-aprel kunlari qo‘zg‘olon boshlangan — Xorijiy legion parashyutchilar polki Jazoir meriyasi, general-gubernator saroyi va aeroportni egallaydi. Vitse-admiral Korvill De Gollga sodiq qoladi. 25-aprel kuni qo‘zg‘olon bostiriladi. Aynan De Goll Jazoirdagi urushni yakunlagan “Mustamlaka davri o‘rnini uyushgan qit’alar davri egallaydi”, degandi u. 1962-yil 18-mart kuni Evian kelishuvlari imzolangan. Keltirilgan shartlarga ko‘ra, jangovar harakatlar ertasi kunidan to‘xtatilishi kerak edi. Fransuz qo‘shinlari uch yil davomida Jazoirdan to‘liq chiqib ketishi kerak bo‘lgan. Shaxsiy xavfsizlik va uy-joy daxlsizligi kafolatlangan. Bundan tashqari, Jazoirda Sahroi Kabirda neft qazib olishda ustuvorlik berilgan.

    Foto: Revueconflits

    Foto: Revueconflits

    Urush yillari davomida Fransiya 25 ming askaridan ayrilgan, yana 65 minggi jarohatlangan. Milliy ozodlik frontining yo‘qotishlari esa 152 ming kishidan oshgan. Shuningdek, 12 mingdan ziyod tinch aholi halok bo‘lgan. 1962-yil 3-iyul kuni Fransiya hukumati rasman Jazoir mustaqilligini tan olgan.

    AQSH prezidentini o‘ldirishga uringan puertorikoliklar

    1950-yil 1-noyabr kuni AQSH prezidenti Garri Trumenga qarshi suiqasd uyushtirilgandi. Otishma davlat rahbarining Vashingtondagi Bler Xaus nomli uyi hovlisida sodir bo‘lgan. Ikki nafar millatchi puertorikolik AQSHga bog‘liqligi to‘g‘risidagi qarorga norozilik sifatida Trumenni o‘ldirish uchun Maxfiy xizmat xodimlari bilan jangga kirishadi. Hujum omadsizlik bilan yakunlangan, biroq u prezidentni qo‘riqlash xizmatini qaytadan tashkil etilishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Trumen Puerto-Riko konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga rozi bo‘ladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Qotillar qo‘lida to‘rt nafar Amerika prezidenti jon bergan: 1865-yilda Avraam Linkoln, 1881-yilda Jeyms Garfild, 1901-yili Uilyam Mak-Kinli va 1963-yilda Jon Kennedi. XX asrning ikkinchi yarmidagi suiqasdlarning eng mashhurlari Garri Trumen, Jerald Ford va Ronald Reyganga nisbatan uyushtirilgan bo‘lib, ular jiddiy jarohat olgan. Bill Klinton va kichik Jorj Bushga qarshi ham suiqasdlar bo‘lgan.

    AQSHning boshqa prezidentlariga nisbatan Trumen SSSRga qarshi qattiq siyosat olib borgan. Franklin Ruzvelt davrida boshlangan mamlakatlar o‘rtasidagi Gitlerga qarshi koalitsiya imkonsiz bo‘lib qolgan. Trumen prezidentligi davrida NATO bloki tuzilgan. Aynan u Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashlash buyrug‘ini bergan. Kommunizmning dunyo bo‘ylab tarqalishiga qarshilik qilgan, “sovuq urush” tashabbuskorlaridan biriga aylangan.

    1950-yil 27-iyun kuni Trumen Amerika qurolli kuchlariga Koreya urushida janubliklar tomonida turib urushga qo‘shilish buyrug‘ini bergan. Bir vaqtning o‘zida AQSH ichidagi kommunistik tashkilotlarga qarshi qattiq siyosat yuritilgan. Trumen davrida Amerikaga qarshi faoliyatni tergov qilish qo‘mitasi yaratilgan. Biroq prezidentga jiddiy xavfni so‘lchilar tug‘dirmagan.

    Trumenning milliy harakatlarga qarshi siyosati javob reaksiyasini yuzaga keltirgan. Matbuotda puertorikolik millatchilarning davlat rahbariga nisbatan uyushtirgan suiqasdi keng yoritilgan. 1950-yil 1-noyabr kuni soat 14:00 da 36 yoshli Oskar Kolyaso va 25 yoshli Griselio Torresola Oq uy ta’mirlanayotgani bois vaqtincha Bler Xaus qarorgohiga joylashgan prezidentning oldiga kirishga urinadi. Ularning maqsadi Trumenni o‘ldirish bo‘lgan. Terrorchilar o‘z xatti-harakatlari bilan Puerto-Rikoning AQSHdan ajralish g‘oyasiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Bunga o‘sha yilning 30-oktabr kuni orolda millatchilarning chiqishlari ham sabab bo‘lgan, unda Torresolaning singlisi yaralangan, akasi esa hibsga olingandi.

    Stiven Xanterning “Amerika otishmasi: Garri Trumenni o‘ldirish fitnasi va rejani barbod qilgan otishma” kitobida qayd etilishicha, puertorikoliklar “qora bozordan” ikkita pistolet xarid qilgan, Nyu-Yorkdan Vashingtonga keluvchi poyezdga o‘tirgan va taksida Oq uyga yetib kelgan. Ular qarorgohga kelgach ta’mirlash ishlari olib borilayotganini va prezident bu yerda emasligini tushunib yetgan. Puertorikoliklar ortga qaytishga tayyor bo‘lgan, ammo taksichi ularga yo‘lning nargi tarafidagi bino — Bler Xausni ko‘rsatgan. Jinoyatchilar oldindan hech narsani rejalashtirmagan, ikkisi ham hissiyotlariga berilgan holda harakatlangan.

    Aslida Trumenning oldigacha yetib borishning deyarli imkoni yo‘q edi: uni 37 nafar malakali soqchilar, shuningdek, Maxfiy xizmat agentlari qo‘riqlagan.

    “Pensilvaniya-avenyuga chiqqan Torresola Bler Xausning g‘arbiy qismiga boradi, bu vaqtda Kolyaso binoga sharq tomondan yaqinlashadi. Ular uyga bir vaqtda bostirib kirishni, qo‘rqichilarni o‘ldirib, keyin prezidentni qidirishga kelishib oladi. Merganlik mahoratiga ega Torresolo vaziyatdan kelib chiqib otishni o‘rgangan Kolyasodan uquvli edi. Ammo taqdirning bu ikki yigitga nisbatan o‘z rejalari bor edi”, — deyiladi journalist Ronald Kesslerning kitobida.

    Binoni sharqiy tomondan Maxfiy xizmat agentli Floyd Boring va soqchilar bo‘linmasi qo‘riqchisi Jozef Devidson qo‘riqlayotgan bo‘lgan. Voqealar jadal tus oladi. Kolyasoning qarshisidan Donald Bedzell ismli soqchi chiqadi. U e’tiborni o‘ziga tortib, yonga berkinishga ulguradi, ammo tizzasidan yaralanadi. Boring va Devidson bunga javoban o‘z qurollaridan o‘t ochadi. Styuart Stol ismli yana bir agent avtomat bilan yugurib keladi va Bler Xausning ikkinchi qavatiga eltuvchi lift qarshisidagi foyega joylashadi.

    Quroldan yaxshi foydalana olmagan Kolyaso AQSH yetakchisining soqchilariga jiddiy zarar yetkaza olmaydi. Shu bilan birga u ko‘kragidan yaralanib, hushini yo‘qotadi. Binoning g‘arbiy tomonida esa vaziyat boshqacha tus olgandi — butun boshli agentlar guruhi tajribali mergan Torresoloni to‘xtatishga urinardi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Avvaliga u soqchilar xonasi oldida turgan Jozef Dounsni bo‘yin va yelkasini yaralaydi. Soqchi bino ichiga kirib, eshikni qulflashga ulgurib qolgan — shu orqali puertorikolikning Trumenni oldigacha yetib borish rejasi barbod bo‘ladi. Shundan keyin hamkasblari oldiga yugurib kelgan Bezdell ham oyog‘idan yaralanadi.

    Bu vaqtda otishma ovozini eshitgan Trumen deraza oldiga keladi. Uni ko‘rgan agentlar “Ortga, janob prezident!”, deya baqiradi. Soqchilarga Koffelt ismli politsiyachi yordamga keladi. Torresola uni qornidan yaralaydi. Koffelt yiqilishidan oldin bor kuchi bilan o‘q otishga ulguradi va Torresolani qulog‘ida yaralaydi. Jinoyatchi voqea joyida halok bo‘ladi. Uning rafiqasi va ikki nafar farzandi bo‘lgan.

    AQSH Maxfiy xizmati tarixidagi eng mashhur otishma 40 soniya davom etgan. Kolyaso sakkizta o‘q uzishga ulgurgan, ammo ularning bittasi soqchilarga tekkan. Torresola otgan oltita o‘q ham nishonga tekkan. Uni o‘ldirgan Koffelt bir necha soatdan keyin gospitalda jon bergan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Kolyaso sog‘ayganidan keyin sud qilingan. Sud jarayonida u Puerto-Rikoning ozodligi uchun kurashganini aytib, qilgan ishidan pushaymon emasligini bildirgan. Jinoyatchi o‘lim jazosiga hukm etilgan. 1952-yilda Trumen uni umrbod qamoq jazosiga almashtirgan. 1979-yilda prezident Jimmi Karter Kolyasoni afv etgan. Ozodlikka erishgach u Kubada yaxshi kutib olingan va Fidel Kastro tomonidan taqdirlangan. Kolyaso 1994-yili 80 yoshida vafot etgan.

    Taxtga o‘tirgan Nikolay II

    Grigoryan kalendari bo‘yicha 1894-yilning 1-noyabr kuni Rossiya imperatori Aleksandr III vafot etadi, ertasi kuni esa uning to‘ng‘ich o‘g‘li Nikolay II taxtga o‘tirgan. 26 yoshli merosxo‘r o‘z yaqinlariga Rossiyani boshqarishga hali yosh ekanidan shikoyat qilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Og‘ir kasallikdan Qrimda vafot egan Aleksandr III Rossiyani 13 yil davomida boshqarib, birorta urushda ishtirok etmagan. Bunga ishonish juda qiyin, chunki imperatorlar orasida aynan u jangovar va dushmanlariga shafqatsiz ko‘ringan, shuningdek, aynan u armiya va flotni o‘z imperiyasining yagona ittifoqchisi deya hisoblagan.

    1894-yil 2-noyabr kuni imperiya gazetalarida Aleksandr III ning vafoti to‘g‘risidagi manifest hamda taxtga o‘tirgan Nikolayning nutqi chop etilgan. Shu kuni barcha — amaldorlar, saroy xodimlari va armiya unga qasamyod keltirgan. Vaziyatning nozikligi shundaki, 26 yoshli Nikolay jiddiy davlat ishlariga tayyor emasligini o‘zi ham bilardi. Aleksandr III 50 yoshida vafot etgan bo‘lib, farzandini yetarlicha tayyorlamagan edi. Agar kasallik va boshqa kutilmagan sabablar bo‘lmaganida Aleksandr III Rossiyani yana 20-25 yil boshqarishi kerak bo‘lgan.

    “Sandro men nima qilaman? Rossiyaga nima bo‘ladi endi? Men podshoh bo‘lsihga hali tayyor emasman! Imperiyani boshqara olmayman. Men hatto vazirlar bilan qanday gaplashish kerakligini ham bilmayman. Menga yordam ber, Sandro!”, — degandi u amakivachchasi knyaz Aleksandr Mixaylovichga.

    Yangi imperator davridagi tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Aleksandr Izvolskiyning eslashicha, Nikolay II taxtga o‘tirganida kerakli bilimga ega bo‘lmagan. “Taqdirning o‘zi dunyodagi eng yirik imperiyalardan birini boshqarishni zimmasiga yuklagan merosxo‘r qanday qilib bunchalik tayyorgarliksiz ulg‘ayganini tushuna olmayman”, — degan edi Izvolskiy.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Ichki ishlar vaziri Ivan Durnova Sergey bir suhbatda Nikolayni Pavel I bilan taqqoslagandi. Albatta, imperator Nikolay II ni Pevel Petrovich kabi bo‘lmagan, ammo uning xarakteri o‘ziga xos edi va hatto Aleksandr I ga ham o‘xshab ketardi. Aleksandr I o‘z vaqtida eng ziyoli ruslardan biri bo‘lgan bo‘lsa, imperator Nikolay II hozirgi vaqtda yaxshi oiladan chiqqan o‘rtacha gvardiya polkovnigining bilimiga ega bo‘lgan.

    O‘sha yilning 26-noyabrida Nikolay Qishgi saroyda o‘zi tanlagan qizga uylanadi. Ularning asal oyi dafn marosimlari va aza muhitida o‘tadi. Yangi imperatorning kadrlar bo‘yicha birinchi qarori 6-dekabrda mojaroli rus-turk urushi qahramoni Iosif Gurkoni Varshava general-gubernatorligi lavozimidan bo‘shatish bo‘lgan. Uning o‘rnini Germaniya imperiyasiga yaqin bo‘lgan graf Pavel Shuvalov egallagan.

    Boshqaruvning dastlabki oylarida yosh davlat rahbari ichki siyosat borasida otasining yo‘lidan yurish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

    1895-yil 17-yanvarda dvoryanlar, zemstvolar va shaharlardagi deputatlar oldida nutq so‘zlagan Nikolay II zemstvo rahbarlarining ichki hukumat ishlarida ishtirok etish umidlarini “bema’ni orzular” deb atadi va tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Nikolay II hukmronligining birinchi kunlaridanoq o‘zini vijdonli va o‘rtacha davlat arbobi sifatida ko‘rsatdi. Manjuriya va Koreyani egallab olish bilan Nikolay II 1904–1905-yillarda rus-yapon urushini qo‘zg‘agan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Nikolay II boshchiligidagi Rossiya iqtisodiy tiklanish bosqichida edi, shunga qaramay, siyosiy vaziyat keskinlashdi. Nikolayning siyosatchi sifatida muvaffaqiyatsizligi mamlakatda tobora kuchayib borayotgan ichki keskinlikka olib kelgan. Natijada 1905-yil 9-yanvardan keyin podshohga boradigan ishchilar mitingi shafqatsizlarcha tarqatildi (tadbir “Qonli yakshanba” deb nomlandi), Rossiya imperiyasida 1905–1907-yillarda birinchi rus inqilobi boshlanadi. Inqilob natijasi “Davlat tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” manifesti bo‘lib, u qirol hokimiyatini cheklab qo‘ygan va xalqqa fuqarolik erkinliklarini bergan. Uning hukmronligi davrida sodir bo‘lgan barcha voqealar tufayli podshoh qonli Nikolay II laqabini olgan.

    Nikolay II ning bolalari: qizlari Olga (1895-yil 3-noyabr), Tatyana (1897-yil 29-may), Mariya (1899-yil 14-iyun) va Anastasiya (1901-yil 5-iyun), shuningdek, uning o‘g‘li Aleksey (1904-yil 2-avgust). Bolaga og‘ir kasallik – gemofiliya (qonning kelishmovchiligi) tashxisi qo‘yilganiga qaramay, u yagona merosxo‘r sifatida hukmronlik qilishga tayyor edi.

    1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlangan, bu Rossiya imperiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va faqat ichki siyosiy ziddiyatni kuchaytirgan. Nikolay II ning urushdagi muvaffaqiyatsizliklari natijasida 1917-yilda Petrogradda qo‘zg‘olon boshlangan, oqibatda podshoh o‘z ixtiyori bilan taxtdan voz kechgan.

    1918-yil 16-iyuldan 17-iyulga o‘tar kechasi yarim tunda “maxsus xizmatlar uyi” boshlig‘i Yakov Yurovskiy Romanovlar bosh shifokori Yevgeniy Botkinga uxlab yotgan oilani uyg‘otishni buyurgan va kiyinishni talab qilgan. U buni Yekaterinburgda yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklar sababli oilani xavfsiz joyga ko‘chirish zarurligi bilan izohlagan. Yarim tundan ko‘p o‘tmay uyning barcha oilasi uyg‘onib, ularni tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinasi hali kelmaganini va sayohatdan oldin suratga olinishini tushuntirib, yerto‘laga olib ketgan.

    Bir guruh odamlar yerto‘laga yig‘ilgan. Imperatorning rafiqasi Aleksandra Feyodorovna stulga o‘tirgan, undan keyin uchta qiz: 22 yoshli knyazya Olga, 21 yoshli Tatyana va 19 yoshli Mariya. Podshoh Nikolay II o‘rtada turib, uning yoniga gemofiliya bilan og‘rigan 13 yoshli merosxo‘r Alekseyni qo‘ygan. Uni quchoqlab yerto‘laga olib kelgan. Doktor Botkin ularning orqasida turardi. Eshikning chap tomonida to‘rtinchi qizi 17 yoshli Anastasiya bilan birga xizmatkori Empress Demidova joy olgan.

    Biroq fotograf o‘rniga, favqulodda komissiya a’zolari va bir nechta Latviya miltiqchilaridan iborat otishma guruhi yerto‘laga kirgan. Oilaga hamrohlik qilgan Yakov Yurovskiy baland ovoz bilan ijroiya qo‘mitasining buyrug‘ini o‘qigan: “Nikolay Aleksandrovich, qarindoshlaringiz Sovet Rossiyasiga zarar yetkazishda davom etmoqda. Ural ijroiya qo‘mitasi sizni qatl etishga qaror qildi”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Hukm o‘qilgach qirg‘in boshlangan, uni Yurovskiy o‘zi boshlagan, podshoni shaxsan o‘zi otib tashlagan edi. 1918-yil 16-iyulda Nikolay II va uning oilasining qirg‘in qilinishi Rossiyada Romanovlar sulolasini yakuniga yetkazgan, ammo baribir so‘nggi rus imperatorining ko‘plab qarindoshlari qochib qutula olgan. Nikolay II ning onasi Mariya Feyodorovna 1916-yilda Kiyevga ko‘chib o‘tgan va keyin qizlari va ularning oilalari bilan birga Qrimga qochgan. Kirill Vladimirovich – imperatorning amakivachchasi – xotini bilan Finlyandiyada joylashgan, u yerda 1917-yil avgustda o‘g‘li Vladimir tug‘ilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilgan Indira Gandi, 200 dollar uchun samolyotni olib qochgan italiyalik yigit va Stalin jasadining Mavzoleydan ko‘chirilishi. Kun xronologiyasida 31-oktabr

    01.11.2022, 09:31   Izoh (0)   49894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya safarbar qilinganlarni eski avtomatlar bilan frontga yubormoqda — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi

    31.10.2022, 23:43

    Ukrainada urush boshlanganidan beri qurbon bo‘lganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berildi

    31.10.2022, 23:12

    Burkina-Fasoda jangarilar 15 nafar harbiyni o‘ldirdi

    31.10.2022, 22:25

    Ekofaol Greta Tunberg BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammiti tashkilotchilarini yolg‘onchilikda aybladi

    31.10.2022, 20:56

    Ukraina futbol assotsiatsiyasi Eronni jahon chempionatidan chetlashtirishni taklif qildi

    31.10.2022, 20:23

    Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Anatoliy Karpov Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi

    31.10.2022, 20:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi qurilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 14:51

    Xitoy beshinchi avlod J-20 qiruvchisidan mingta ishlab chiqarish niyatida. Ekspertlar kuzatuvlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 may, 14:50

    “Manchester Siti” yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)

    Sport | 13 may, 14:45

    Zelenskiy Istanbulda faqat Putin bilan uchrashadi — Ukraina prezidenti ofisi

    Dunyo | 13 may, 14:30

    Mbappe va “PSJ” o‘rtasidagi mojaro keskin tus oldi

    Sport | 13 may, 14:02

    Google 10 yil ichida birinchi marta logotipini yangiladi

    Dunyo | 13 may, 13:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.