• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilgan Indira Gandi, 200 dollar uchun samolyotni olib qochgan italiyalik yigit va Stalin jasadining Mavzoleydan ko‘chirilishi. Kun xronologiyasida 31-oktabr

    31-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan o‘z qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilgan Indira Gandi, 200 dollar uchun AQSHdagi samolyotni Rimga olib qochgan yigit va Stalin jasadining Mavzoleydan ko‘chirilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilgan Indira Gandi

    1984-yil 31-oktabr kuni Hindiston bosh vaziri Indira Gandi Dehlidagi qarorgohida o‘ldirilgan edi. Ikki nafar qo‘riqchi unga 30 ga yaqin o‘q uzgan. Xoinlik minglab sikxlar halok bo‘lgan Oltin ibodatxonadagi operatsiya uchun qasos bo‘lgan — jinoyatchilar ushbu diniy jamoat vakili edi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Indira 1917-yil 19-noyabrda Hindistonning Ollohobod shahridagi siyosatchilar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Javaharlal Neru Hindistonning bo‘lajak birinchi vaziri, bobosi Motilal Neru bo‘lsa Hindiston Milliy kongressining rahbari, onasi Kamala ashaddiy repressiyalarni boshdan kechirgan faollardan edi.

    Indira bolaligidan zamonasining eng millatparvar, aqli raso kishilari bilan bir davrada bo‘lgan, mag‘zini chaqishga yoshi kichiklik qilsa-da, ularning suhbat-u mulohazalari ong ostiga singib, keyinroq o‘zini namoyon qila boshlagan. Dastlab uyda ta’lim olgan qizaloq keyinchalik o‘qishni Santiniketan universitetida davom ettirishga qaror qiladi. Yolg‘iz farzand bo‘lgani uchun hech nimadan kam bo‘lmay ulg‘aygan Indira, qolaversa, butun millatning hayoti uning ota-onasi bilan bog‘liq vaziyat sabab tubdan o‘zgarib ketadi.

    Islom va hinduizm elementlaridan tashkil topgan monoteistik din hisoblangan sikxizm Hindistonning sharqiy qismida bundan taxminan 600 yil avval paydo bo‘lgan. E’tiqod qiluvchilarning qarashlari janub va shimoldagi qo‘shnilaridan keskin farq qilmaganiga qaramay, xuddi boshqa istalgan etnokonfessional guruhlar singari qaysidir lahzada ular ham o‘z davlatlarini shakllantirishni istab qoladi. Sikxlar mustamlaka davridanoq eng yaxshi, sodiq va qo‘rqmas jangchilar hisoblangan. Shu sababli Britaniya general-gubernatorlarining shaxsiy qo‘riqchilari ham ulardan tarkib topgan. Gandi ham shu an’anaga rioya qilgan.

    Foto: EADaily

    1980-yillar boshiga kelib Hindiston hukumati sikx separatizmiga duch keladi: radikal tashkilotlar Panjobda avtonom shtatni talab qilib, u yerda Halistan davlatini tuzishni talab qiladi. 1982-yilga kelib sikxlar diniy yetakchilari Jarnail Singx Bindranval atrofida to‘planib, Amritsardagi Oltin ibodatxonani egallaydi.

    Hindiston hukumati Oltin ibodatxonani sikx terrorchilari makoni deya qabul qilgan. 1984-yilning iyunida Gandining qarori bilan “Ko‘k yulduz” nomli keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazilgan. Askarlar ichida 10 mingga yaqin sikx-ziyoratchisi bo‘lgan Oltin ibodatxonani o‘rab olgan. Taslim bo‘lish talabiga 129 kishi javob qaytaradi.

    Shunda Gandi ibodatxona hududini tozalashni buyuradi va unga tanklar stvoli yo‘naltirilgan. Radikallar yaxshi qurollangani bois qonli to‘qnashuv yuzaga keladi va Hindiston hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 83 nafar harbiy xizmatchi hamda 500 nafar sikx halok bo‘lgan. Norasmiy manbalar bir necha ming odam halok bo‘lgani haqida yozgan. Oltin ibodatxonaga hujum Gandining siyosiy karyerasidagi eng ziddiyatli qaror hisoblanadi.

    Foto: EADaily

    Sodir bo‘lgan voqealardan keyin Indira Gandining yaqinlari unga o‘z atrofidagi soqchilar tarkibidan sikxlarni almashtirishni taklif qilgan. Biroq bosh vazir namoyishkorona qo‘riqchi sikxlariga ishonishni davom etgan.

    Qasos 31-oktabr kuni soat 09:08 da sodir bo‘lgan — bu vaqtni Gandi qarorgohiga teleintervyu uchun kelgan britaniyalik aktyor va rejissor Piter Istin qayd etgan. Tasvirda chiroyli ko‘rinish uchun Indira chiroyli ko‘ylagini kiygan va zirhli nimchadan voz kechgan. Bu vaqtda Beant Singx va Satvant Singx ismli soqchilari fitnaga tayyorlanayotganidan bexabar bo‘lgan. Tor koridorda himoyalangan odamni poylab yotish uchun birinchisi befarq hamkasbi bilan navbat almashgan bo‘lsa, ikkinchisi qorni og‘riganidan shikoyat qilib, hojatxona yonidan joy olgan.

    Tergov davomida aniqlanishicha, Istin bilan suhbat o‘tkaziladigan xona ikki qotil qurshovida qolgan. Gandi qo‘riqchilarga tabassum qilgan va shu vaqt chap tarafida turgan Beant Singx uchta o‘q uzgan. Indira yiqilgan, shundan keyin Satvant Singx bor o‘qlarini unga otgan.

    “Men qilishim kerak bo‘lgan ishni bajardim. Endi sizlar o‘z vazifangizni amalga oshiring”, — degan Beant Singx yugurib kelgan qo‘riqchilarga. Soat 09:30 da Gandi gospitalga yetkazilgan, biroq uning omon qolishi imkonsiz edi. Soat 14:20 da Hindiston hukumati rahbari hushiga kelmay vafot etgan.

    Foto: EADaily

    Mamlakatning eng yaxshi shifokorlari Gandining hayotini saqlab qolishga urinayotgan bir paytda o‘z boshlig‘iga sodiq bo‘lganlar va sikx qo‘riqchilar o‘rtasida mojaro yuz bergan. Oqibatda Beant Singx otib o‘ldirilgan, Satvant Singx esa og‘ir yaralangan, biroq tirik qolgan. 1986-yilda sud uni va yana bir sherigi Kexar Singxni osish orqali o‘lim jazosiga hukm etgan.

    Foto: EADaily

    200 dollar uchun AQSHdagi samolyotni Rimga olib qochgan yigit

    1969-yil 31-oktabr kuni Vyetnam urushining 19 yoshli faxriysi Raffaele Minikiello Trans World Airlines (TWA) aviakompaniyasining Boeing 707 samolyotini egallab olgan.

    Foto: Getty Images

    Samolyot Los-Anjelesdan havoga ko‘tarilgan va tez orada San-Fransiskoga qo‘nishi kerak edi. Biroq uning yo‘lovchilari va ekipaj mutlaqo boshqa yo‘nalishda parvoz qilishga majbur bo‘ladi. Bir sutkadan keyin ular Rimga yetib borgan. Bu tarixda qit’alararo o‘g‘irlangan birinchi samolyot edi. Minikiello va u tomonidan asirga olingan ekipaj a’zolari umumiy hisobda 11 ming kilometr yo‘l bosgan.

    Barchasi AQSH dengiz piyodalari kaprali Raffaele Minikielloga 200 dollar kam to‘lashganidan kelib chiqqan. Vyetnamdan qaytgan dengiz piyodalari uchun unga 800 dollar berilishi kerak bo‘lgan. Ammo kapral vataniga qaytgach, hisobida 600 dollargina borligini ko‘rgan. Bir yil Vyetnamda ko‘ngilli sifatida urushda qatnashgan yigit avvaliga rahbariyatdan yordam so‘ragan, biroq unga ko‘mak ko‘rsatilmagan.

    G‘azab otiga mingan dengiz piyodasi Minikiello o‘zi adolat o‘rnatishga qaror qilgan va Kemp-Pendlton harbiy-dengiz bazasidan 200 dollarlik radioappart hamda boshqa buyumlarni o‘g‘irlagan. Sodir etgan jinoyati uchun qamalmaslik maqsadida u samolyotni olib qochishga qaror qilgan.

    Raffaele 12 yoshga to‘lganida uning oilasi Italiyadagi Melito-Irpino shaharchasidan AQSHga ko‘chib kelgan. Bu shaharda 1962-yili kuzatilgan zilziladan keyin sodir bo‘lgan. 19 yoshli Vyetnam urushi faxriysi ta’qibdan o‘zining tarixiy yurtiga qochmoqchi bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Saygondan olib kelgan Xitoy miltig‘i va ko‘plab patronlar bilan qurollangan Minikiello 15,5 dollar evaziga Los-Anjeles—San-Fransisko reysiga chipta xarid qilgan. U qurolini hojatxonaga yashirgan, 40 nafar yo‘lovchisi bor samolyot havoga ko‘tarilganida u styuardessani asirga olib, uni uchuvchi kabinasini ochishga buyurgan. U yerda esa ekipajga bort egallab olingani ma’lum qilingan.

    Minikiello asabiylashgan va uzoq vaqt samolyot ekipaji bilan qayerga uchish kerakligi bo‘yicha kelisha olmagan. Avvaliga u samolyot to‘g‘ridan to‘g‘ri Rimga uchishini talab qilgan. Uchuvchilar bakdagi yonilg‘i bunga yetmasligini tushuntirishga qiynalgan. Shundan keyin ular bort avval Denverga uchishiga kelishib olgan. Samolyot u yerda yonilg‘i quyishi, bosqinchi yo‘lovchilarni qo‘yib yuborishi va ular uchuvchilar jamoasi hamda bir nafar styuardessa bilan Nyu-Yorkka yo‘l olishi kerak bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Minikiello avvaliga o‘zi bilan birinchi bo‘lib asirga olgan insoni — styuardessa Sharlin Delmoniko qolishini talab qilgan. Ammo keyin bortda uning hamkasbi Treysi Koulmen qoladigan bo‘lgan — Nyu-Yorkda uning yaxshi ko‘rgan yigiti bor edi va u sayohat o‘sha yerda tugashiga umid qilgan. Parvoz shu qadar tinch o‘tganidan, bosqinchi asabiylashmay qo‘ygan va hatto asirlar bilan yaxshi muomala qilgan. Samolyot Denverga qo‘nganida yo‘lovchilarning chiqishiga ruxsat berilgan, ulardan biri o‘rindiqda Xellouin uchun kostyumini qoldirganini eslagan. U Minikiellodan ortga qaytib, uni olishni so‘ragan va u ruxsat bergan.

    Denverdan Nyu-Yorkka amalga oshirilgan uch soatlik parvoz ham ortiqcha mojarolarsiz kechgan. Samolyot bortida besh kishi qolgan: uch nafar uchuvchi, styuardessa Treysi Koulmen va Minikiello. “Jon Franklin Kennedi” aeroportida samolyot yonilg‘i quyishi va uchuvchilarni almashtirib, parvozni davom ettirishi kerak edi — Minikiello shunday o‘ylagan. U yerda o‘zini yuzga yaqin FQB xodimlari kutib turganidan bexabar bo‘lgan. Ularning ayrimlari optik vintovka bilan birinchi buyruqdanoq o‘q uzishga tayyor turgan.

    Foto: Getty Images

    Biroq Raffaelening baxtiga maxsus xizmatlarga xalaqit bergan hodisa sodir bo‘lgan: Minikielloning vintovkasi o‘q uzib yuborgan. Keyinroq aniqlanishicha, o‘q bosqinchi qurol bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lgani bois otilib ketgan. O‘q shiftga tegib, kislorod ballonning yonidan uchib o‘tgan va fyuzelyajga zarar yetkazmagan.

    Bu vaqtda hech kim nima bo‘layotganini tushunmagan, kabinada qo‘rqib ketgan uchuvchilar yerga hech qanaqa yonilg‘i quyilmasligini aytib, samolyotga hech kim yaqinlashmasligini talab qilgan. Ekipajga boshchilik qilgan kapitan Donald Kuk keyinchalik hammasi shunday sodir bo‘lganidan xursand ekanini aytgan: “FQBning rejasi butun jamoaning o‘limiga olib kelardi”.

    Samolyot keyingi qo‘nishni Men shtatida amalga oshirib, vanihoyat yonilg‘ini quygan. Bu vaqtga kelib asirga olinganlarning taqdiriga butun Amerika qiziqish bildirayotgan va politsiya muxbirlarning egallab olingan samolyotga yaqinlashmasligi uchun bor imkoniyatini ishga solayotgandi.

    Havo kemasi Rimga yaqinlashgan vaqtda Minikiello o‘z talabini ilgari surgan: samolyot aeroportdan uzoq joyga qo‘ndirilishi va uni politsiya vakili qurolsiz kutib olishi kerak edi.

    Asirlar bilan xayrlashgan Raffaele mulozamat qilib, ularga politsiya mashinasida mehmonxonagacha tashlab qo‘yishni taklif qilgan, biroq ular buni rad etgan. Oxir-oqibat u ekipajdan shuncha ovoragarchilik uchun uzr so‘ragan.

    Ekipajning sarguzashtlari shu bilan tugagan bo‘lsa, Raffaeleniki davom etgan. Italiya yerida uni qurolsiz politsiyachi Alfa Romeo’da kutib olgan. Miltig‘ini politisiyachining bo‘yniga tiragan yigit mashinani Rimdan tashqariga, keyin esa Neapolga haydashni buyurgan. Biroq o‘zlarini taqib qilishayotganidan xabar topib, odamlar yo‘q joyda to‘xtashni buyurgan va qochib ketgan. Uni qidirishga yuzlab politsiyachilar, itlar va vertolyotlar jalb etilgan.

    2-noyabr kuni, Los-Anjelesda boshlangan parvozdan bir sutka o‘tib Raffaele cherkovga kelgan. Bu vaqtda qochoqni butun Italiya kuzatayotgandi. Hatto og‘ir betob otasi ham voqeadan xabar topib, o‘g‘li oldiga kelsa, uning qulog‘ini kesishga va’da bergan.

    Qurolni amerikaliklarning harbiy kiyimi ichiga yashirgan yigit yakshanba ibodatini amalga oshirish uchun cherkovga kelgan. Ibodatga kelganlar hatto televizor ko‘rmagan bo‘lganida ham, undan baribir shubhaga borishi tayin edi. Politsiya uni hibsga olgan.

    Raffaelening keyingi karyerasi yaxshi kechmagan. Qamoqda o‘tirib chiqqach, u fotomodel va kinoaktyor bo‘lishga qaror qilgan, biroq omadi chopmagan. Ayrimlar hatto uni Jon Remboning prototipi deb hisoblagan, ammo film ijodkorlari buni rad etgan. U uzoq vaqt Rimda yashagan, barmen bo‘lib ishlagan, bar egasining qiziga uylangan va hatto Hijacking nomi ostida restoran ochgan.

    1980-yili u yashagan Irpiniyada yana kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Oradan besh yil o‘tib, uning rafiqasi tug‘uruq vaqtida vafot etgan. Shifokorlarning mas’uliyatsizligiga jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida Raffaele yangi teraktni rejalashtirgan — u tibbiyot anjumani ishtirokchilarini asirga olmoqchi bo‘lgan va buning uchun qurol ham topgan. Ammo u do‘sti sabab Injilni o‘qishga qiziqib qolgan va Minikiello xudojo‘y insonga aylangan.

    Raffaele chapdan birinchi

    Raffaele chapdan birinchi
    Foto: Getty Images

    1999-yilda Minikiello TWA85 reysini egallab olganidan keyin birinchi marta Amerikaga kelib, quroldosh do‘stlari bilan uchrashgan. 2009-yilda sobiq asirlari bilan uchrashuv ham tashkil etgan — unga faqat styuardessa Sharlin Delmoniko va uchuvchi Vensel Uilyams kelgan.

    “Stalin bilan bir joyda yotmayman”

    61 yil oldin Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining XXII qurultoyi qarori bilan Stalinning jasadi kechasi yashirin ravishda Mavzoleydan olinib, Kreml devorlari yoniga ko‘milgan. Qayta dafn etilish jamiyatda u qadar norozilik keltirib chiqarmagan. Stalinning dafn marosimida dod-faryod solganlar bu safar ko‘chalarga ham chiqmagan.

    Foto: AP Photo

    Stalin yotgan sarkofag ko‘chirilguniga qadar Mavzoleyda sakkiz yil turgan, u 1953-yil 9-martda Leninning yoniga joylashtirilgan edi. Generalissimus bilan vidolashuvga ko‘plab olamon to‘plangan va yuzlab yoki minglab odamlar tiqilinchda oyoqosti bo‘lgandi. Ta’kidlash kerakki, qayta dafn marosimi ham qurbonlarsiz kechmagan.

    Stalin sarkofagining Mavzoleyga joylashtirilishi avval boshidan vaqtincha chora bo‘lgan. Moskva atrofida “Sovet davlatlarining buyuk shaxslari xotirasiga abadiy yodgorlik” qurish rejalashtirilgan. Hatto tanlov ham e’lon qilingan, biroq loyiha tez orada bekor bo‘lgan.

    Shu bois Stalin Mavzoleyda Lenin bilan birga yotgan, “Lenin” yozuvi tushirilgan ko‘p tonnali monolitni esa tezda almashtirish imkoni bo‘lmagan, uning yuzasi qatron bilan qoplanib, malina rangli bo‘yoq bilan ikkita — “Lenin” va “Stalin” familiyalari tushirilgan. Ammo sovuqda, tosh muz bilan qoplanganida “Lenin” yozuvi paydo bo‘lgan. Shu sababli 1960-yilda baribir almashtirilgan, eskisini esa yodgorlik uchun ishlatish rejalashtirilgan. Bunga shaxsiy tashabbusi bilan mavzoley komendanti polkovnik Konstantin Moshkov to‘sqinlik qilgan, u marmar bo‘lagini Vodnikidagi toshni qayta ishlash zavodiga yuborishni buyurgan va direktor bilan uni saqlashni kelishib olgan. Keyinroq ma’lum bo‘ladiki, Moshkov shu orqali mamlakatni yangi xarajatlardan qutqarib qolgan.

    KPSSning 1956-yil XX qurultoyida o‘tkazilgan yopiq majlisda so‘zga chiqqan Nikita Xrushchyov “Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari” haqida gapirgan, shundan keyin Stalinni Mavzoleydan chiqarib tashlash bo‘yicha gap-so‘zlar yangrashni boshlagan. Ammo rasmiylar ancha vaqtga qadar bu bo‘yicha qaror qabul qilmagan.

    Foto: AP Photo

    Shaxsga sig‘inishga qarshi kurashdagi navbatdagi muhim qadamlardan biri 1961-yil 30-oktabr kuni — XXII chaqiriqning so‘nggi ish kunida tashlangan. Unda sotsializm muvaffaqiyatli qurilgani va 1980-yilda kelishi kutilayotgan kommunizm tomon to‘g‘ri yo‘nalish olingani ta’kidlanadi.

    Shubhasiz yangi qadam tashabbuskori Xrushchyov bo‘lib, biroq bu safar asosan boshqalar qo‘li bilan ish ko‘rgan. Ushbu harakatlarning barchasi puxta rejalashtirilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bu vaqtda Xrushchyov qudratining eng yuqori cho‘qqisiga chiqilgan edi, buning ustiga aynan shu kuni Yangi Yer arxipilagida tarixdagi eng kuchli termoyadroviy “Sar-bomba” sinovdan o‘tkazilgandi.

    Syezd ishtirokchilari 26-oktabrda “KGB” rahbari Aleksandr Shelepinning Stalin davrida partiyaning ko‘plab begunoh a’zolariga qarshi jinoyatlar sodir etilgani to‘g‘risidagi hisobotini tinglagan. Shu bilan birga, Shelepin Stalinning shaxsiy javobgarligi masalasiga to‘xtalmagan, Xrushchyov ham tanqid qilinmagan, asosan, Molotov, Malenkov, Kaganovich, Bulganin va Voroshilov hujum ostida qolgan.

    Foto: AP Photo

    Gruziyada Stalin davridan keyin ham uning shaxsiga nisbatan alohida e’tibor qaratilgan. Stalinga nisbatan hujumlar antigruzin kampaniyasi sifatida qabul qilingan, Tbilisida esa shaxsga sig‘inishga qarshi urinishlar tartibsizliklar bilan yakunlangan. Namoyishchilarga qarshi o‘t ochilgan. Gruzinlar Stalinning haykallari buzilishiga yo‘l qo‘ymagan. Shunga qaramay, Stalinning butun SSSR bo‘ylab ko‘p sonli haykallari 1961—1962-yillar davomida buzib tashlangan. Yodgorliklar demontaji kechalari yoki ta’mirlash bahonasida amalga oshirilgan.

    KGB ma’lumotlariga ko‘ra, gruzin faollarida Stalinning qayta ko‘milishiga qarshi reja bo‘lgan, ular yakka tartibda Moskvada to‘planishga uringan. Lenin va Stalinni yaxshi tanigan, repressiyalardan jabr ko‘rgan bolshevik kampir Dora Lazurkinaning chiqishi syezd ishtirokchilariga qattiq ta’sir qilgan. Qarsaklar ostida u tushida Leninni ko‘rgani va u Stalin bilan birga yotishni istamasligini aytganini so‘zlab bergan.

    Qurultoy bir ovozdan quyidagi qarorni qabul qilgan: “Mavzoleyda I.V.Stalin tobuti bo‘lgan sarkofagni saqlashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas deb topilsin, chunki Stalin tomonidan Lenin vasiyatlari jiddiy buzilgan, hokimiyatni suiiste’mol qilish, halol sovet odamlariga qarshi ommaviy repressiyalar uyushtirish va shaxsga sig‘inish davrida amalga oshirilgan boshqa harakatlar uning jasadi bor tobutning Lenin Mavzoleyida qolishiga yo‘l qo‘ymaydi”.

    Tanaffus vaqtida Xrushchyov KGB 9-boshqarmasi boshlig‘i Nikolay Zaxarov va Kreml komendanti Andrey Vedeninga zudlik bilan dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rishni buyuradi: “Bugun Stalinni qayta dafn etish bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligini inobatga olinglar. Joy belgilangan. Mavzoley komendanti qabrni qayerdan qazish kerakligini biladi”.

    Foto: AP Photo

    Tungi maxsus operatsiyada 30 ga yaqin odam ishtirok etgan. Ularning harakatini Partiya nazorati qo‘mitasi rahbari Nikolay Shvernik boshqargan. Stalinning qarindoshlari — qizi Svetlana va o‘g‘li Vasiliy qayta dafn etish jarayoniga chaqirilmagan. Atrof faner bo‘laklari bilan to‘silgan, Qizil maydonga kirish noyabr oyidagi harbiy paradlarga tayyorgarlik bahonasida yopilgan. Stalinning mundiridan generalissimus pogonlari, Sotsialistik mehnat qahramoni Oltin yulduzi yechilgan, mundirdagi tilla tugmalar latunga almashtirilgan. Mavzoley komendanti Moshkov bularning barchasini Kreml devori yaqinida ko‘milganlarning mukofotlari saqlanadigan xonaga joylashtirgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Insoniyat tarixidagi eng kuchli qurol — “Sar-bomba”ning portlatilishi, bedarak yo‘qolgan AQSH harbiy samolyoti va 300 dan ortiq patent olgan sharikli ruchka. Kun xronologiyasida 30-oktabr

    31.10.2022, 09:30   Izoh (0)   47774
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lula da Silva Braziliya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

    31.10.2022, 09:14

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida 140 dan ziyod odam halok bo‘ldi (video)

    31.10.2022, 08:50

    Mariupol meri shahardagi vayronagarchiliklar ko‘lamini baholadi

    30.10.2022, 21:29

    “Vagner” standartlarni pasaytirib, jiddiy kasalliklarga chalingan mahbuslarni yollay boshladi — Britaniya Mudofaa vazirligi

    30.10.2022, 21:08

    Kreml Putin qanday holatda Bayden bilan muzokara o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi

    30.10.2022, 20:49

    Rossiya Bermuda orollari va Buyuk Britaniyaning yana o‘nta dengiz hududini “do‘st bo‘lmaganlar” ro‘yxatiga kiritdi

    30.10.2022, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Barcha davrlarning eng yaxshi saundtreklari: afsonaviy qo‘shiqlar va nostalgiya hissini uyg‘otuvchi kuylar

    Musiqa | 17 may, 10:00

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.