Uzbekistan Airways 30-oktabr kuni Farg‘ona—Dubay—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, shu kuni Airbus 320 samolyoti 135 nafar yo‘lovchini Dubay xalqaro aeroportiga yetkazib qo‘ydi. Farg‘ona —Dubay—Farg‘ona yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada ikki marta — yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways ushbu yo‘nalish parvozlarni yo‘lga qo‘ygani bilan bir qatorda, bugungi kunda aviakompaniya haftasiga 7 marta Toshkentdan Dubayga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, 31-oktabrdan boshlab aviakompaniya Toshkent—Sharja—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam qatnovlar sonini haftasiga 3 martagacha ko‘paytiradi. Parvozlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Mavzuga doir: Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Izoh (0)