• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyadagi koloniyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklar “Vagner” guruhi tarkibida Ukrainadagi urushga jo‘natilgan — “Novaya gazeta”

    “Novaya gazeta. Yevropa” nashri Rossiya tarkibiga kiruvchi Mordoviya respublikasidagi 17-sonli axloq tuzatish koloniyasidan sentabr oyi oxirida “Vagner” yollanma jangchilari tarkibida Ukrainadagi jangovar zonaga jo‘natilgan mahbuslarining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu muassasadan jami yuzdan ortiq kishi frontga ketgan — ularning yarmi O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova, Serbiya va Misr, shuningdek, Ukraina fuqarolaridir.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Mordoviyadagi koloniyadan urushga jalb qilingan deyarli barcha chet elliklar giyohvand moddalar savdosida ayblanib, qattiq rejimda 7 yildan 16 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Masalan, O‘zbekistonning ikki fuqarosi — toshkentlik Baxtiyor Quvandiqov va qoraqalpog‘istonlik Quralbek Qo‘chqorov Moskva va Moskva viloyatida geroin bilan qo‘lga tushgan edi. Qo‘chqorov koloniyada olti oydan kamroq vaqt o‘tkazgan — Lyubertskiy shahar sudi uning ustidan 15-mart kuni hukm e’lon qilgandi. Shuningdek, mart oyida yana bir o‘zbekistonlik Islombek Soborovga hukm o‘qilgan, keyinchalik u ham “Vagner” tomonidan urushga yollangan.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar moddasi bo‘yicha ayblangan yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Azamat Zulunov va Sordor Zokirov ham urushga jo‘natilgan. Ular 2021-yil boshida sudlangan edi. Shuningdek, geroin sotishda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Nasimxon Movlonov va Podmoskovdagi Yegoryevsk sudi tomonidan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sarvarjon Mamaziyazod “Vagner” tarkibiga jalb qilingan.

    Umuman olganda, “Novaya gazeta. Yevropa” xususiy harbiy kompaniyaga yollangan qirqdan ortiq xorijiy fuqarolarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

    Mordoviyadagi koloniya voqealaridan xabardor ikki manbaning aytishicha, mahbuslar jangovar harakatlarda qatnashishga majburlanmagan, ammo “ko‘pchilik xorijliklar Ukrainada nima bo‘layotganini yaxshi tushunmaydi va urush haqida ma’lumotga ega emas”.

    Avvalroq turkmanistonlik muxolifatchi siyosatchi Murod Qurbonov mahalliy faollarga tayanib, Turkmanistonda yuzlab mahbuslar Ukrainadagi urushga yuborilganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, Turkmanistonda kamida 500 nafar rus tilida so‘zlashuvchi mahbuslarni yig‘ib, Moskvaga yuborishgan, so‘ng ular “Vagner” guruhi tarkibida Ukrainadagi urushga jo‘natilgan.

    Mahbuslarga, go‘yoki, Rossiya pasportlari berilgan, ular o‘n kun davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, shundan keyin ularning hammasi frontga jo‘natilgan. Shartnoma bo‘yicha jang qilish evaziga sudlanganlikni olib tashlashni va 1000 dollar to‘lashni va’da qilishmoqda.

    OAVlarda iyul boshida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya koloniyalaridagi mahbuslarni yollayotgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. Kompaniya vakillari mamlakatning 13 ta mintaqasidagi 21 ta koloniyada borgani xabar qilingan.

    Rossiyada mehnat muhojirlari urushga yuborilmoqdami?

    Avvalroq rossiyalik jurnalist va teleboshlovchi Olga Romanova MDH mamlakatlari fuqarolari Rossiya tomonidan urushga jo‘natilayotganini ma’lum qilgandi.

    Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan muhojirlar ixtiyoriy harbiy xizmat haqida shartnomalar tuzishga majburlanayotgani haqida huquq himoyachisi Valentina Chupik ham aytib o‘tdi.

    Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi yangi qonun qabul qildi, unga muvofiq, armiyada bor-yo‘g‘i bir yil xizmat qilganlar ushbu mamlakat fuqaroligini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

    Shundan keyin O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, ularni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

    Shuningdek, Rossiyadagi harbiy xizmatga chet el fuqarolari, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilishicha, internetda tarqalgan bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

    Vagner guruhi o‘zi qanday guruh?

    Vagner guruhi birinchi marta Ukrainada 2014-yilda paydo bo‘lgan va Rossiyaning Qrimni egallab olishida muhim rol o‘ynagan edi.

    Unga maxsus topshiriqli bo‘linma sobiq jangchisi Dmitriy Valeryevich Utkin asos solgan deb hisoblanadi, u guruhga Gitlerning sevimli kompozitori Richard Vagnerning nomini bergan.

    Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

    26.10.2022, 16:48   Izoh (0)   19617
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmanistonda birinchi prezidentning nomi berilgan shahar va qishloqlar qayta nomlandi

    26.10.2022, 16:30

    Alisher Usmonov Kremniy vodiysidagi startapga sarmoya kiritgan — WSJ

    26.10.2022, 15:52

    Ukraina mudofaa vaziri mamlakatni G‘arb qurollarini sinovdan o‘tkazish uchun poligon deb atadi

    26.10.2022, 14:34

    Xarkovda ishlayotgan sapyorlar, Nikolayevda pechka yasab, tarqatayotgan ko‘ngillilar. Urushning 244-kunidan fotoreportaj

    26.10.2022, 14:31

    Kseniya Sobchakning shahar tashqarisidagi uyi tintuv qilinmoqda

    26.10.2022, 14:12

    Tayvanda harbiy xizmatchilar maoshi oshiriladi, majburiy xizmat muddati ham uzayishi mumkin

    26.10.2022, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.