Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyadagi harbiy xizmatga chet el fuqarolari, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilishicha, internetda tarqalgan bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“G‘alamislar Rossiya IIVning soxta buyrug‘iga tayanib, Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qisman safarbar qilinishi haqidagi soxta xabarlar tarqatmoqda. Agar ular shartnoma tuzishdan bosh tortsa, go‘yoki ularning ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinib, deportatsiya qilinadi.

Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini turli provokatsiyalarga berilmaslikka va faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqiramiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

Mavzuga doir: “Hozir Rossiyadan zudlik bilan ketish kerak bo‘lgan vaziyat yo‘q” — yurist migrantlar harbiy safarbarlikka majburan jalb etilmayotgani haqida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi