Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan yana bir bor ogohlantirdi.

Foto: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

Foto: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

Elchixona O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish)ga ko‘ra, chet davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishini keltirib o‘tdi. Ushbu jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida amalga oshiriladi.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lingan taqdirda, barcha shaxslar hech qanday istisnolarsiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

Elchixona, shuningdek, fuqarolarni provokatsiyalarga berilmaslikka va oldindan o‘ylab ish ko‘rishga chaqirdi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi