• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Metroda sumkani, blokpostlarda mashina yukxonasini tekshirish kulgili teatrdan boshqa narsa emas” – hazili ortidan 5 sutkaga qamalgan qiz voqeasi faollar muhokamasida

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz 5 sutkaga qamalgani muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” tarmoq faollarining mazkur mavzudagi fikrlarini e’lon qiladi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    “IIVning kuchi shu bechora qizga yetibdi”

    “Zambarakning o‘qi” Telegram kanali muallifi Farhod Fayzullayev metroda sumka tekshirish mantiqsizlik ekani haqida yozdi.

    IIVning kuchi shu bechora qizga yetibdi. Katta baliqlarga kuchi yetmay, yosh qizni oborib qamashibdi. O‘zi bularning kuchi video yuborgan qizlarga, haykal tagida ashula aytgan vaynerlarga yetadigan bo‘p qopti. Nahotki, o‘n ming odam ishlaydigan tizimda bitta, loaqal bittasi chiqib: “o‘v, jinnimisanlar, yig‘ishtir karam sho‘rvangni” demagan bo‘lsa?! Umuman, mana shu “ogoh paranoyyasi”, “tekshirmasak hammayoq terrorist bo‘p ketadi” degan afsona atayin to‘qib chiqarilgan. Bilasiz, barcha avtoritar rejimlarda ichki nazoratni kuchaytirish, aholini doim qo‘rquvda ushlab turish uchun mana shunaqa “olabo‘ji”lar yaratiladi.

    Metroda sumkani, blokpostlarda mashina bagajini tekshirish kulgili teatrdan boshqa narsa emas. Qizni oborib qamashgani ham — odamlarni qo‘rqitish uchun. Yo‘q muammoni hal qilish uchun o‘n minglab militsionerlarni ishga olish uchun bir bahona. Tepadagilarga “mana, bizning keragimiz bor”, deb qo‘yish uchun.

    Farhod Fayzullayev xavfsizlikni sumka tekshirmagan holda, zamonaviy yo‘llar bilan ham ta’minlash mumkin.
    Qarang-da, metro ichida odam ko‘pmi, bozorda? Nega unda bozorlarda ham sumka tekshirilmaydi? Nega avtobuslarda tekshirilmaydi? Nega Nyu-York, London, Parij, Olmaota metrolarida sumka tekshirilmasa ham har kuni portlash bo‘lmaydi? Chunki sumka tekshirish mantiqsizlik. Zamonaviy yo‘llari borki (masalan, kameralar), ular yordamida ham xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Sumkalarni tekshirish qanday amalga oshirilishini bilamiz. Olib o‘taman degan odam istasa bemalol olib o‘tadi. Sumka tekshirishning xavfsizlikka aloqasi yo‘q. Bu faqat teatr.

    Aytaylik, qiz noto‘g‘ri ish qildi. Nega u qamaldi? Jamiyatga qanday xavfi bor uning? Nega uning xayotini sindirish kerak? Sud nimaga asoslanib bunday qaror chiqardi. Ko‘raylik qarorni?

    Biz butun umr qo‘rquvda yashab katta bo‘ldik. Avval KGB, keyin SNB, hozir boshqalari. Mana shu azaliy qo‘rquv ortidan qullik mentaliteti, “kimdir nazorat qilib turishi kerak” degan tushuncha paydo bo‘lgan. Shu jumladan menda ham.

    Sumka tekshirilmasa ham, hujjat ko‘rsatilmasa ham hayot davom etaveradi. Hammayoq portlab ketmaydi. Biz o‘zimizga erkinlik talab qilishimiz kerak, ustimizdan nazoratni emas. Zero, Benjamin Franklin aytganidek: “xavfsizlik evaziga erkinliklaridan voz kechishga tayyor inson erkinlikka ham, xavfsizlikka ham loyiq emas”.

    Farhod Fayzullayev, “Zambarakning o‘qi” kanali muallifi.

    “Ogoh bo‘ling” sharpalari kezib yurganda zamonda ham meni hech kim 5 sutkaga qamamagan edi”

    Jurnalist Aziza Qurbonova ham Telegram’dagi kanalida mazkur masala yuzasidan fikrlarini yozgan.

    7-sinfdan 11-sinfgacha “Chilonzor” bekatidan to “Buyuk ipak yo‘li”gacha har kuni ikki mahal metroda qatnaganman. Keyin fakultet va TV o‘rtasida ham bordi-keldim metro orqali bo‘lgan. Bu 2000—2008-yillardagi gap. U paytda metroda, vagonlarda — hamma yerda hozirgidek reklamalar-u, yaltir-yulturlar emas, “Ogoh bo‘ling, ogoh bo‘ling” degan xavotirli yozuvlar yopishtirilgan bo‘lardi. O‘zimiz ham metroni qandaydir o‘ta muhim obyektligini his qilardik va har kuni “popkangni och, sumkangni ko‘rsat” degan gap-so‘zni kutmay, tugunimizni ochib ko‘rsatardik.

    Allaqaysi yili, kattaroq sinfda o‘qib yurganimda tekshir-tekshirdan zerikib ketibmanmi, har kuni yuzi tanish bo‘lib ketgan militsioner amakiga hazillashibman: “shu kichkina sumkamning nimasini ko‘rasizlar, bomba olib yurarmidim, turniket qilib qo‘ysa bo‘lmaydimi”. Militsioner amakining qoshlari chimirilib: “qani bomba deganing uchun ham sumkani och” deb, kitoblarimni varaqlagancha yaxshilab tekshirishni boshlagan. Hatto kundaligimni ochib, kimligim va baholarimni ko‘rgan) va keyin indamay… o‘tkazib yuborgan… O‘shanda rosa qo‘rqqanman va keyingi safar ortiqcha gapirmay, indamay sumkani ochib ko‘rsatishda davom etganman.

    Hatto o‘sha butun mamlakatda “Ogoh bo‘ling” sharpalari kezib yurganda, tinchlik eng katta ne’mat ekani uqtirilgan zamonda ham meni hech kim 5 sutkaga qamamagan edi…

    Bu yerda esa 19 yoshli qiz kayfiyati yaxshiligi uchun hazillashgan ekan… 5 sutka qamoq va 1 BHM jarima berishibdi. Ochig‘i, nimadir deyishga hayronman. Albatta, xavfsizlik jiddiy masala. Balki hazillashuvchilar ko‘payib ketmasligi uchun ibrat ko‘rsatmoqchi bo‘lishgandir. Kim bilsin. Qandaydir shu yerda “jazo qonuniy bo‘lishi mumkin, lekin adolatli bo‘lmasligi mumkin” degan gapni xulosa qilgim keldi.

    Aziza Qurbonova, jurnalist. 

    “5 sutka ko‘p”

    Bloger Dilroz Abrayevaning fikricha, voqea qizga xatosi tushuntirilgani va u uzr so‘ragani bilan yakunlangani yaxshi edi.

    19-20 yoshlardamiz. Metroga tushdik 5-6 qiz. Formali kishi sumkalarimizni tekshirdi. Oramizdagi eng chiroyli dugonamizning hamyondan sal katta sumkachasini uzoooq titdi. Bir nimalar deb hazillashdiyam.

    Sezilib turibdi maqsadi shu chiroyli qiz bilan uzoqroq gaplashish. Buni aniq dalillab isbotlash qiyin. Lekin buni hammamiz sezib turgandik. Bu orada ehee qanchadan-qancha katta sumka, paket, qop ko‘targanlar o‘tib ketaverdi.

    Dugonamiz gap talashdi va xodim birdan jiddiylashib rahbarini chaqirdi. Ikki formali erkak bo‘ysunmaslik qamoq jazosigacha borishini aytib qo‘rqitdi. O‘sha vaqtda biz uchun kattagina ko‘ngilsizlik bo‘ldi. Bu rasmda ham sumka “razmeri” ko‘rinib turibdi. O‘sha vaqtda xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim ham, menimcha, hazilnamo nimadir degan bo‘lishi mumkinki, qiz haddi sig‘ib bomba bor devorgan. Bu mening taxminim.

    5 sutka ko‘p. “Suhbat o‘tkazildi, tushuntirildi, xatosini angladi, uzr so‘radi”, degan yakun yaxshi edi, albatta.

    Dilroz Abrayeva, bloger.

    Avvalroq Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 22-oktabr kuni 19 yoshli qiz sumkasini tekshirtirayotgan paytda uning ichida bomba borligini aytib hazillashgani va hibsga olingani xabar qilingandi. Shundan so‘ng qizga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirish) asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    26.10.2022, 12:07   Izoh (0)   15163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati rahbari o‘zgardi

    26.10.2022, 11:58

    Nukusning markaziy ko‘chalarida “shumaxerlar” paydo bo‘ldi (video)

    26.10.2022, 11:24

    Janubiy Koreyadan Toshkent va Samarqandga yangi aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

    26.10.2022, 10:16

    O‘zbekiston va Rossiya kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qiladi

    26.10.2022, 10:00

    O‘zbekistonda Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

    26.10.2022, 08:11

    Toshkent viloyatida ijaraga berilgan 1 gektar yerni 80 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    26.10.2022, 07:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.