Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherax maqbarasida terrorchilar o‘t ochdi, 15 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar yaralandi, deb xabar beradi “RBK”.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida kamida bir bola bor, hujum qilganlarning ikki nafari allaqachon qo‘lga olingan, uchinchisini qidirish davom etmoqda.
Tasnim agentligining viloyat gubernatori vakiliga tayanib xabar berishicha esa qurbonlar soni 40 kishiga yetgan.
Shoh-Cherax maqbarasi XIV asrda qurilgan. Maqbara nomi forscha “Nur Rabbiy” degan ma’noni anglatadi, uning ichida noyob oyna mozaikasi bilan bezatilgan. Bu yerda Muso al-Kadimning o‘g‘illari ikki aka-uka Ahmad va Muhammadning qabri bor, deb ishoniladi. Shuningdek, maqbara masjid sifatida ishlatiladi va shia musulmonlarining ziyoratgohi hisoblanadi.
Izoh (0)