Uzbekistan Airways’ning Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga uchayotgan samolyoti Namanganga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram-kanali xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, HY-636 yo‘lovchi reysi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish chegarasi 900 metrgacha cheklangani, bulutli havo) tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmagan va Namangan zahira aeroportiga yo‘naltirilgan.
Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, 25-oktabr kuni soat 08:20 larda samolyot belgilangan manzil — Farg‘onaga aeroportiga yetib kelgan.
Izoh (0)