Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumanidan o‘tgan qismida dori vositalarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 23-oktabr kuni soat 10:30 larda Vodiy—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan haydovchi I.E. (1996-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lada Vesta avtomobili YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada mashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, chet davlatda ishlab chiqarilgan 119 xil turdagi dori-darmon mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan dori vositalari Pop tumani Davlat soliq inspeksiyasiga topshirilgan.
Izoh (0)