Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Zaporojye viloyatining Melitopol shahrida 25-oktabr kuni ertalab “ZaTV” telekompaniyasi binosi yonida portlash yuz berdi.
Zaporojye viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakillari “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bomba mashinaga o‘rnatilgan bo‘lgan.
Telekompaniya binosining oynalari singan, jihozlari shikastlangan. Rossiya Mudofaa vazirligining “Zvezda” kanali xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida besh kishi jarohatlangan.
Melitopol — Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Zaporojye viloyatidagi shahar.
Izoh (0)