Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatida qozog‘istonliklarni haqorat qilib, videoroliklar joylagan 42 yoshli fuqaro politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda KazTAG xabar bermoqda.
Unga qarshi “ijtimoiy, milliy, nasliy, irqiy, tabaqaviy va diniy adovatni alanga oldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Internetga joylagan videolavhalarida qarag‘andilik shaxs Qozog‘iston rahbariyati va xalqini so‘kish so‘zlardan foydalanib haqorat qilish bilan birga, Rossiyani va uning prezidenti Putinning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)