Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Pentagon rahbari Lloyd Ostin telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beradi Meduza.
Bu ikki davlat mudofaa vazirlarining Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon ikkinchi va may oyidan beri birinchi muzokarasidir.
Rossiya Mudofaa vazirligi may oyidagi suhbatning “Amerika tomonning tashabbusi bilan” bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan edi. 21-oktabrda esa Rossiya harbiy departamenti muzokaralar kimning tashabbusi bilan o‘tkazilganiga aniqlik kiritmadi.
May oyidagi suhbatda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Izoh (0)