Portugaliyaning Azor oroli qirg‘oqlari yaqinida og‘irligi 2744 kilogramm bo‘lgan o‘lik Oy baliq topildi — bu og‘irlik suyakli baliqlar uchun mutlaq rekorddir. Uning balandligi 3,5 metr, uzunligi esa 3,6 metr, deb xabar bermoqda Live Science.
Biologlar Oy baliqni yuk ko‘taradigan mashina va sanoat tarozilari yordamida tortib ko‘rdi, so‘ng uning tanasini yordi. Ular DNK va oshqozon tarkibidan namunalar oldi.
Vazni yengil avtomobil og‘irligidan ko‘proq bo‘lgan bunday baliqlar kamdan-kam uchraydi. Avvalgi rekordni 2300 kilogramm og‘irlikdagi Oy baliq urgandi. Umuman olganda, bu turdagi baliqlar zamonaviy suyakli baliqlarning eng og‘iri hisoblanadi. Ularning vazni odatda ikki tonnaga yetadi.
Oy baliqlar barcha okeanlarning tropik va mo‘tadil suvlarida yashaydi. Ularning aniq soni noma’lum. Bahor va yozda Atlantika okeanining shimoli-g‘arbiy qismida ularning populatsiyasi 18 000 ta deb baholanadi.
Izoh (0)