Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bunda quyidagilar:
- tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish shakllari;
- kitobga kiritiladigan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularni kiritish tartibi;
- kitobni to‘ldirish tartibiga rioya qilishni monitoring qilish va uning hisobini yuritish belgilandi.
Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonunni buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini ishlab chiqishga doir minimal talablar belgilandi.
Izoh (0)