Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor ayolning harbiy qismda shartnoma asosida ochgan tikuv sexi yopilgani hamda ofitserlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar o’rtasida kelishmovchilik yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Mudofaa vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, haqiqatan ham Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism infratuzilmasi o‘zgartirilishi sababli fuqaro N.X.ga harbiy qism hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ijara shartnomasiga asosan ajratilgan joy (tikuv sexi) o‘rniga harbiy qism hududidan boshqa joy taqdim etilgan hamda tadbirkorning norozi bo‘lib bergan da’vo arizasi sud tomonidan rad etilgan.
Keltirilgan videotasvirda mansabi katta ofitser boshqa bir ofitserga tegishli buyruq talablarini buzishga qaratilgan harakatlari uchun tanbeh bergani aks etgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Qurolli Kuchlar Intizom nizomi va Qurolli Kuchlar Ichki xizmat nizomining tegishli bandlariga asosan videotasvirlardagi harbiy xizmatchilarga intizom choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)