Internetdagi Facebook tarmog‘i orqali O‘zbekiston parlamenti va “O‘zbekneftgaz” AJ hamkorligida aholi daromadini oshirish, oddiy fuqarolarning farovonligini ta’minlash maqsadida maxsus dastur ishga tushirilganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, yolg‘on axborot tarqatilmoqda.
Internetdagi ushbu sahifaga joylashtirilgan yolg‘on videoda dasturda ishtirok etish uchun hech qanday bilim talab etilmasligi ta’kidlanib, oddiy odamlarning loyihada qatnashib, qanday mo‘may daromadga ega bo‘lganliklari haqidagi intervyulari ham e’lon qilingan.
So‘nggi paytlarda “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, turli xil ko‘rinishdagi yolg‘on xabarlar tarqatilishi ko‘p uchramoqda.
Ayniqsa, firibgarlikka mo‘ljallangan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan Telegram-botlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, Instagram, Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on axborotlardan ogoh bo‘ling.
Yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar internet foydalanuvchilarni telefon nomer va plastik kartalaridan pul yechib olishga urinishlari mumkin.
Hurmatli internet foydalanuvchilari “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang.
Bunday ma’lumotlar “O‘zbekneftgaz” AJning mutloqo aloqasi yo‘q va bu yolg‘ondir.
“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlarni, jamiyatning www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.
“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati
Izoh (0)